Mauricio Sarri yuragidan operaciya qilindi
30 dek 2025 12:15
Yangiliklar
Mauricio Sarri yuragidan operaciya qilindi
"Lacio" bosh murabbiyi yurak operaciyasini boshidan kechirdi.
66 yoshli mutaxassisda yurak urishi ritmini buzuvchi yurak bo'lmachalari fibrillyaciyasi aniqlangani sababli italiyalik murabbiyga jarrohlik amaliyoti zarur bo'ldi.
Murabbiy yaqin bir necha kun ichida o'z xizmat vazifasiga qaytishi kutilmoqda.
Sarri 2025 yil iyun oyida (ikkinchi marta) "Lacio"ni boshqaruvini qo'lga olgandi. Undan avval u "Empoli", "Napoli", "Chelsi" (2018/19 yilgi mavsumda Evropa Ligasi g'olibi) va "Yuventus" jamoalarini mashq qildirgan. U "Yuventus" bilan 2019/20 yilgi mavsum Italiya chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Ayni paytda "Lacio" A Seriyada 24 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Burgutlar" navbatdagi turda 4 yanvar kuni amaldagi Italiya chempioni "Napoli"ni o'z maydonida qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar