So’nggi yangiliklar

00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  0 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  17 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  5 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  1 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  4 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 21:53Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалаба қозонди  0 21:31"Шўртан" 4 ой деганда ғалабага эришди  2 21:13Нидерландиялик мутахассис "Бунёдкор" футбол академиясига ташриф буюрди  1 20:51БАА. "Бани Яс" дуранг қайд этди, Шукуровдан ассист  2 20:29Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди  44 19:59"Реал" Хаби Алонсо хоҳишига биноан "Энфилд"да жамоавий машғулот ўтказмайди  20

Ikkinchi davradan vodiydagi o'yinlar PFL sotib olgan yangi kameralarda translyaciya qilinadi Yangiliklar

Ikkinchi davradan vodiydagi o'yinlar PFL sotib olgan yangi kameralarda translyaciya qilinadi

Avgust oyidan O'zbekiston Superligasida ikkinchi davra start oladi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, ikkinchi davradan etiboran katta ehtimol bilan vodiydagi Superliga o'yinlari PFL xarid qilgan kameralar yordamida teletranslyaciya qilinadi.

Ayni vaqtda professional kameralar soni 4 ta bo'lib, tez orada 2 ta yana kamera etib keladi. 

PFL, shuningdek, O'zbekistondagi mavjud bo'lgan 4 ta VAR texnikasining (3 tasi O'zFHMda va  1 tasi Termizda) har biriga 2 tadan umumiy 8 ta kamera sotib olgan. Mazkur kameralar mavsum davomida VAR texnikasi bilan yonma-yon yuradi. Shundan kelib chiqilsa, tez orada vodiydagi futbol uchrashuvlari umumiy hisobda 8 ta kamera orqali efirga chiqarilishi mumkin. Bunga qadar MTRK aksar o'yinlar uchun 4 ta kamera jalb qilayotgandi. 

Shuningdek, ayni vaqtda Urganchdagi stadionga ham VAR texnikasi o'rnatilgan bo'lib, PFL uning yoniga ham qo'shimcha 2 ta kamera sotib oladi. 

Malumot uchun, Qarshi va G'uzordagi futbol uchrashuvlari "Nasaf" futbol klubiga tegishli kameralar yordamida teletranslyaciya qilinadi. "Nasaf" va PFL o'zaro hamkorlikda MTRK uchun tayyor signal taqdim etib kelmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика