So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Diyor Imomxo'jaev: "PFLdagi birinchi ish kunimdanoq "kichik urush" boshlangan" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "PFLdagi birinchi ish kunimdanoq "kichik urush" boshlangan"

"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo'jaev ishtirok etdi.

Podkast mualliflaridan biri Mirkomil Musaev O'zPFL rahbarining tashkilotdagi dastlabki qadamlari qanday bosilgani bilan qiziqdi. 

"PFLda Direktor maslahatchisi degan shtat bor edi. O'sha lavozimda ishga kirishganman. Birinchi kundanoq "kichik urush" boshlangan. Buyog'iga endi faqat harakat qilish kerak edi. Har kuni majlis bo'lardi: "Hojatxona eshigini kim ochiq qoldirdi?", "Nimaga galstyuk taqmading?", "Nimaga tirnog'ingni olmading?"

Faqat shunga o'xshash majlis bo'lardi, har kuni. Nomini, kimligini aytib o'tirmayman, o'sha paytda Federaciyadagi juda katta odam bilan aytishib qolishimga to'g'ri kelgan. 

Birinchi yo'qotilgan illat o'sha narsa bo'lgan. Keyin sekin-sekin PFLni boshqa binoga, boshqa tashkilot sifatida ko'chib o'tishi... u erda qanaqadir odamlar bilan urishish... Boshida kelganingizda, hamma sizni talamoqchi va bosib qo'ymoqchi, so'zini o'tkazmoqchi bo'ladi. O'sha jarayondan chiqib ketgunimcha 10-15 nafar katta yoshli odam bilan konkret tortishganman. Dodamlar ishlagan paytda ishga odob bilan yondashishsa-da, ro'shnolik ko'rishmagan. Shunday narsalar bor ediki, unga odob bilan erishib bo'lmasdi. Yuzxotirlik qiladigan bo'lsangiz, bu jamiyat ustingizga chiqib, xohlaganini qiladi. 

PFLda bugungi kunda men bilan elkama-elka ishlayotgan bolalar juda yaxshi bilishadi. O'sha davrlarni kulib eslaymiz. Palonchi aka bilan qanaqa urishganimiz va hokazo. 

Yoshlar ittifoqi tashkilotidan odamlar kelardi. PFLga kelganida oyog'ini stolga qo'yib o'tirardi. Men buni xazm qila olmasdim. Men uchun odam qaerda va qanday lavozimda ishlashidan qati nazar odam bo'lishi kerak, chunki eng kuchli odam kelsa ham, yo'qotadigan narsam yo'q. Olsa, ishimni oladi-da derdim. Shu voqeani boshqalar kuzatib turadi, ko'radi. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketishingizga qiziqishadi. Hamkasblarimiz ham sen mutaxassis emassan, jurnalistsan deyishardi. Bularning hammasi menga motivaciya bag'ishlagan", – dedi Imomxo'jaev.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика