So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz: Yaponiya va Ummonda tayyorgarlik avjida, Turkmaniston esa yig'ilmayapti Yangiliklar

Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz: Yaponiya va Ummonda tayyorgarlik avjida, Turkmaniston esa yig'ilmayapti

Osiyo Kubogida guruhdagi raqiblarimiz ham qita musobaqasida tayyorgarlikni qizg'in tarzda olib bormoqda.

BAAda o'tadigan Osiyo Kubogidagi guruhdoshlarimiz biz qatori FIFA kunlaridan unumli foydalanmoqda. Faqatgina yagona guruhdoshimiz Turkmaniston mart oyidan buyon hech qanday yig'in o'tkazmayapti. Bunga sabab  terma jamoaning hisoblanadigan "Oltin Asr" klubining OFK kubogidagi ishtiroki. SHu boisdan ham Turkmaniston terma jamoasi bir necha oydan buyon yig'ilgani yo'q. Tabiiyki o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushmadi. "Oltin Asr"ning OFK kubogidagi ishtiroki finalga qadar cho'zildi. Ushbu musobaqa asosan FIFA kunlarida o'tkazilgani bois terma jamoa alohida yig'in tashkil etolmadi.

SHuni qayd etish kerakki, "Oltin Asr" jamoasi OFK kubogi va ichki chempionatdagi ishtirok orqali Turkmaniston terma jamoasi misolida qita bosh musobaqasiga taraddud ko'rmoqda.

Qiziqarli tarafi shundaki, "Oltin Asr" jamoasini boshqaradigan Yazguli Xojageldiev bir vaqtning o'zida Turkmaniston ustozi ham sanaladi. SHu boisdan ham Turkmaniston terma jamoasi "Oltin Asr" misolida qita chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.


Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi raqibni o'rganish jarayonida ko'proq "Oltin Asr" klubi ishtirokidagi o'yinlarga etibor qaratishlariga to'g'ri keladi, nazarimda. CHunki Turkmaniston terma jamoasining asosiy o'zagi, bosh murabbiyi va uning chizgisi "Oltin Asr" jamoasining o'yinida  aks etadi.

Yana bir guruhdoshimiz Ummon esa har bir FIFA kunlaridan unumli foydalanayotgan va qita chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan raqiblardan biri. Ummon sentyabr, oktyabr va noyabrdagi FIFA kunlarida yig'inlar o'tkazib, har bir FIFA kunlarida ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmoqda.

Hozirgacha jamoa sentyabrda Livan va Iordaniya bilan, oktyabrdagi yig'inda Filippin va Ekvadorga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi. Mazkur FIFA kunlarida esa Ummon terma jamoasi Suriya hamda Bahraynga qarshi saf tortadi.

Etiborlisi, Pim Verbeyk shogirdlari o'tkazilgan to'rt o'rtoqlik o'yinlarida atigi birgina gol o'tkazib yuborishgan va shuncha gol urishgan. Ummon Osiyo Kubogiga taraddud ko'rish jarayonida o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlarida hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q.  SHuningdek, jamoa g'alaba nashidasini ham surgani yo'q. Ummon barcha o'yinlarda murosa ko'chasini tanlamoqda.  Bu esa jamoaning mudofaa chizig'i ancha mustahkamligini, hujumda esa muammolar ko'zga tashlanayotganini ko'rsatib turibdi.


Xajime Moriyasu boshchiligidagi Yaponiya terma jamoasi Osiyo kubogiga  ancha jiddiy raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari orqali taraddud ko'rmoqda.  Samuraylar sentyabr oyidagi yig'in doirasida Kosta-Rikaga qarshi, oktyabrda esa Panama va Urugvay kabi kuchli terma jamoalar bilan kuch sinashishdi. Ushbu o'tkazilgan o'yinlarning barchasida yaponiyaliklar g'alaba qozonishgani etiborga molik holat. Bu galgi yig'in doirasida esa Yaponiya avvaliga Venesuela, keyinchalik esa Qirg'iziston terma jamoalariga qarshi bellashadi.


Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ham FIFA kunlaridan maksimal foydalanmoqda. O'zbekiston Kuper qo'l ostidagi ilk yig'in doirasida Suriya va Eron, ikkinchi yig'inda esa KXDR va Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdi. Avstraliyadagi yig'in doirasida esa terma jamoamiz avvaliga Livan, keyinchalik Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik o'yinlarida kuch sinashadi.

Mazkur FIFA kunlari joriy yildagi so'nggisi. Dekabrda esa Osiyo Kubogiga chiqqan terma jamoalar musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Xususan Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 15-29 dekabr kunlari Turkiyada yig'in o'tkazadi. Keyinchalik futbolchilar yangi yil bayramini nishonlashlari uchun qisqa tatil beriladi. SHundan so'ng terma jamoamiz Osiyo Kubogiga ishtirok etish uchun 2 yanvar kuni BAAga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan birgalikda joy olgan.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика