So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Superliga. "Bobur Arena"da darvozalarga 8 ta gol urilgan oqshomda "Paxtakor" "Andijon" ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. "Bobur Arena"da darvozalarga 8 ta gol urilgan oqshomda "Paxtakor" "Andijon" ustidan g'alaba qozondi

Teglar :  Andijon Paxtakor
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Andijon" – "Paxtakor" 2:6 (TUGADI)

22.08.2025. Andijon, "Bobur Arena"

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Maksim Nexochin

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Bashar Resan (Xojiakbar Alijonov) 3, Bashar Resan 30 0:2, Erjan Tokotaev (avtogol) 42, 0:3, Ismael Kinade (Bektemir Abdumannonov) 70, 1:3, Abdurahmon Abdullaev 84 (Ismael Akinade),  2:3, Doston Hamdamov (Xojimat Erkinov) 89, 2:4, Brayan Riaskos 90+2, 2:5, Xojimat Erkinov (Brayan Riaskos) 90+5, 2:6

"Andijon": 31. Erjan Tokotaev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 6. Altin Kreziu ( 41. Muhammadyusuf Mirqodirov, 46), 8. Shahzod Azmiddinov, 14. Abdurahmon Komilov (99. Muhammadali Usmonov,54), 18. Damir Temirov (7. Ismael Akinade,46), 22. Usmonali Ismonaliev ( 16. Abdurahmon Abdullaev, 68), 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Kristian Novak (4. Islombek Mamatkazin, 80), 71. Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 2. Abubakir Ashurov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 88. Shohjaxon Yorqinboev, 

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Xojiakbar Alijonov, 9. Ibrohim Ibragimov ( 17. Dostonbek Hamdamov,72) 10. Azizbek Turg'unboev, 11. Igor Sergeev ( 15. Xojimat Erkinov, 80), 21. Bashar Resan ( 94. Brayan Riaskos.46), 23. Abdurauf Bo'riev, 50. Flamarion (8. Diyor Xolmatov, 26), 77. Dilshod Saitov

Zaxira: 10. Jonatan Luis, 2. Behruzbek Asqarov,18. Bobir Abdixoliqov, 20. Dilshod Abdullaev, 22. Umar Adhamzoda,

Ogohlantirish: Muhammadkarim Toirov ("Andijon") 17, Doniyor Abdumannopov ("Andijon") 25, Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor") 37

Chetlatish: Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor") 65, Shahzod Azmiddinov ("Andijon") 90+9

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi.

90+9. CHETLATISH. Shahzod Azmiddinov, "Andijon"

90+7. Shaxzod Azmiddinov chetlatilishi mumkin. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'rmoqda.

90+4. GOL. Brayan Riaskos bu safar Erkinovni to'p bilan taminladi, u vaziyatdan foydalandi, 2:6

90+2. GOL. "Bobur Arena"da "Paxtakor" gollar shousini davom ettirmoqda. Brayan Riaskos gol muallifi, 2:5

89. GOL. "Paxtakor" tablodagi hisobni 2:4 ko'rinishiga keltirdi. Xojimat Erkinovning pasini Doston Hamdamov darvozaga joyladi.

84. GOL. Intriga kerakmi sizga? "Andijon" "Paxtakor" darvozasiga ikkinchi golni urdi, 2:3. Akinade to'p uchun kurashda himoyachidan o'tib darvozaga zarba yo'lladi, to'p Abdurahmon Abdullaevga tegib rekoshet hosil qilib darvozaga kirdi

80. O'ZGARISH. "Andijon", Kristian Novak o'rniga Islombek Mamatkazin tushdi.

80. O'ZGARISH. "Paxtakor", Igor Sergeev o'rniga Xojimat Erkinov tushdi.

78. Maydonda futbolchilar o'rtasida kurash ko'p bo'lmoqda. 

70. GOL. O'yinga intriga qaytdi. Bektemir Abdumannonovning burchakdan uzatmasini Ismael Akinade boshi bilan golga aylantirdi, 1:3

68. O'ZGARISH. "Andijon", Usmonali Ismonaliev o'rniga Abdurahmon Abdullaev tushdi.

65. CHETLATISH. Xojiakbar Alijonov, "Paxtakor". Alijonov ikkinchi sariq va qizil kartochkani oldi.

59. Ikki jamoa hisobdan kelib chiqib o'ynamoqda.

54. O'ZGARISH. "Andijon", Abdurahmon Komilov o'rniga Muhammadali Usmonov tushdi.

49. OGOHLANTIRISH. Ibrohim Ibragimov, "Paxtakor"

46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bashar Resan o'rniga Brayan Riaskos tushdi.

46. O'ZGARISH. "Andijon", Altin Kreziu o'rniga Muhammadyusuf Mirqodirov, Damir Temirov o'rniga Ismael Akinade tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45+1. Tokotaev raqib futbolchisi yo'llagan zarbani qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOL. Dilshod Saitovning chap qanotdan uzatamasidan so'ng to'p Azmidinnov va yakunda Tokotaevga tegib darvoza to'ridan joy oldi, 0:3. "Paxtakor" birinchi bo'limning o'zida o'yinni mantiqan hal qilmoqda

38. O'yidagi ustunlik mehmonlarda. 

35. Stadionda muxlislar avjiga chiqmoqda. 

31. GOL. "Andijon" jamoasining ikki legioneri Novak va Kreziuning xatosidan so'ng to'p Bashar Resanga kelib tushdi. Iroqlik futbolchi vaziyatdan foydalandi, 0:2

26. O'ZGARISH. "Paxtakor", jarohat olgan Flamarion o'rniga Diyor Xolmatov tushdi

25. OGOHLANTIRISH. Doniyor Abdumannopov, "Andijon"

17. OGOHLANTIRISH. Muhammadkarim Toirov, "Andijon"

12. "Andijon"dan xavfli hujum, Abdumannonovning uzatmasiga hech kim ulgurmadi. O'yin shiddatli va yuqori tempda o'tmoqda. 

10. ZARBA. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Muhammadqodir Hamraliev zarbaga aylantirdi. To'p raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.

6. ZARBA. "Paxtakor"ning iroqlik legioneri Bashar Resan yana bir bor zarba yo'lladi. Kuchli ammo noaniq.

3. GOL. "Paxtakor" uchrashuvda tezkor gol urib hisobni ochdi. Xojiakbar Alijonovdan super pas, Bashar Resan jarima maydonchasi ichida aniq harakat bilan sekin zarba yo'llab Tokotaevni dog'da qoldirdi, 0:1

- O'yin boshlandi.

- Futbolchilar maydonga chiqib keldi. O'yin boshlanishiga barcha narsa tayyor!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика