Hakim Fuzaylov: "Turkmaniston bizga taklif bilan chiqdi, ammo biz rad javobini berdik"
24 avg 01:47
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Turkmaniston bizga taklif bilan chiqdi, ammo biz rad javobini berdik"
"O'yin biroz qiyin kechdi. Sababi hozirda taqvim juda ham og'ir. Umuman olganda, OKMKning hujumlariga hujum bilan javob qaytardik. Ular bizdan ko'ra ko'proq to'p kiritishdi. Shunday ekan, g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa kurashishda davom etamiz", — deya gapni boshladi xorazmliklar bosh murabbiyi.
— "Xorazm" ko'plab o'yinlarda, bugun ham, bundan oldin "Buxoro" bilan o'yinda ham so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yubormoqda, bunga sabab nima?
— Zaxiramiz juda ham qisqa va katta bosim asosiy o'yinchilar guruhimizga tushmoqda. Yakunda nimadir etishmayapti, biz buni ko'rib turibmiz. Hozirda to'rt kundan so'ng beshinchi, uch kundan so'ng to'rtinchi kunlarda o'yinlar bo'layotgani sabab yigitlar tiklanishga ulgurishmayapti.
— FIFA kunlari sabab ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi. Futbolchilarni tonusda ushlab turish uchun nimalar qilasiz?
— Avvalo, bir necha kun o'yinchilarga dam beramiz, shundan so'ng 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bungacha nazorat o'yinlari bo'lib o'tadi, hozirda raqiblarni izlayapmiz. Turkmaniston terma jamoasi biz bilan o'ynash taklifi bilan chiqdi, ammo 26 avgust juda qisqa muddatligi sabab rad javobini berdik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar