25 avgust kuni O'FF rahbariyati ishtirokida brifing bo'lib o'tadi
22 avg 10:10
Yangiliklar


25 avgust kuni O'FF rahbariyati ishtirokida brifing bo'lib o'tadi
Akkreditaciya uchun ajratilgan muddat poyoniga etib bormoqda.
Bugun kun mobaynida OAV vakillaridan arizalarni qabul qilish davom etadi. Shanba va yakshanba kunlari ro'yxatga kiritilgan jurnalist, fotomuxbir, bloger hamda tasvirchilar O'FFning "OAV xodimlarini akkreditaciyadan o'tkazish tartibi"ga binoan ko'rib chiqiladi va barcha talablarga javob beruvchi buyurtma egalariga yo'nalishiga mos ravishda akkreditaciya kartalari rasmiylashtiriladi.
Joriy yilning 25 avgust kuni soat 14:00 poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasi anjumanlar zalida O'zbekiston futzal federaciyasi rahbariyati ishtirokida 2025/2026-yilgi mavsum oldidan brifing o'tkaziladi. Ushbu matbuot anjumani yakunida OAV vakillariga O'FF Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash Departamenti tomonidan akkreditaciya kartalari tarqatiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar