So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  6 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Aybek Nurbaev: "Lokomotiv" bugun U19 jamoa bilan o'ynagandek bo'ldi. 20 kunni qanday o'tkazamiz, hayronman" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Lokomotiv" bugun U19 jamoa bilan o'ynagandek bo'ldi. 20 kunni qanday o'tkazamiz, hayronman"

Pro-liganing 13-turi doirasida "Lokomotiv" - "Jayxun" (5:0) bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun har taraflama yutqazdik. Har taraflama: individuallik, tajriba... "Lokomotiv" bugun U19 jamoa bilan o'ynagandek bo'ldi. O'tkazib yuborilgan gollarni aytishga uyalib ham ketyapman. Pro-liga jamoalarida osmon va erchalik farq bo'lmasligi kerak. Shu o'yin orqali biz qaerda ekanligimizni bilib oldik: biz juda pastda ekanmiz. Ko'rinib turibdi, yigitlarga tajriba etishmayapti. Yo'lda charchadik, maydonga ko'nika olmadik degan bahona qilmoqchi emasman. Bugun biz har tomonlama yutqazdik. Shuni ayta olaman. 

- Nukusdagi o'yin kurashlarga va extiroslarga boy bo'lgandi. Bugun esa jamoa o'zgarib qolgandek.

- "Aral" va biz o'z maydonimizda yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Bilasiz, suniy maydonda boshqa jamoalar qiynaladi. Balki shu ham sabab bo'lishi mumkin. Biz baribir uyimizda yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. Bugun har taraflama mag'lub bo'ldik, yigitlarni taniy olmay qoldim. O'tkazib yuborgan gollarimizda yigitlarning o'yinga bahsh qilishlarini ko'rmadim. Yigitlar yosh bo'lgani uchun balki, ruhiy tomonlama ham tasir qilgandir, "Lokomotiv" bilan o'ynayapmiz degan fikr bilan. Raqib qanday jamoa bo'lsa ham raqib, "Lokomotiv"mi yoki boshqasi bo'lsa ham maydonda biz uchun raqib. Istalgan raqib bilan o'ynash kerak. So'nggi o'yinimizni 18 avgust kuni o'ynagandik, tayyorgarlik uchun kam vaqt bo'ldi. Balki shu ham sabab bo'lishi mumkin, chunki o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Bir kun mashg'ulot o'tkazdik va yo'lga chiqib ketdik. Biz poezdda yuramiz, deyarli bir kunda poezdda Toshkentga keldik. Futbolda mayda narsalar bo'lmaydi deyishadi. Mana hammasi yig'ilib keldi va qanday holatda ekanligimizni bilib oldik. 

- Oldinda 20 kundan ko'proq tanaffus bor. Rejalar qanday?

- Bizning borimiz shu. Barchasini o'zgartirib tashlaydigan narsamiz yo'q. Smetamiz ham juda kichkina. 20 kun juda ko'p. Biz deyarli yig'in tashkillashtirishimiz kerak. Hozir nimadan kelib chiqib reja tuzishni ham, necha kun dam berishni, qanday yo'nalishda ishlashni ham bilmayapmiz. Barchasi dabdala bo'lib ketdi, dam juda ko'p. Toshkentga kelib, o'rtoqlik o'yini o'ynashga yoki yig'in o'tkazishga moliyaviy holatimiz ham to'g'ri kelmaydi. 15 sentyabrda o'ynashimizni bilgandan keyin boshim qotib qoldi. Nukusda o'ynashga biror raqib ham yo'q. Birinchi ligada o'yinlar bo'lyapti. Ikkinchi liga jamoalari bizga yaxshi raqib bo'la olmaydi. Taqvim tuzayotganda bizni ham o'ylasa yaxshi bo'lardi, chunki bizga ham osonmas. Murabbiyga ham osonmas, u qanday yo'nalishda ishlashni, reja tuzishni bilmay qoladi. Bugungi o'yinni taxlil qilamiz va xatolar ustida ishlab, keyingi o'yinga tayyorlanamiz. "FarDU" bilan hisob-kitobimiz bor. Bu jamoani hali yuta olmadik. Ikkita o'yinning birida safarda mag'lub bo'lib, o'z maydonimizda durang o'ynadik. Endi bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

- Ikkinchi davraga kelganda jamoalarda zaxira kengligi muammosi ko'zga tashlanadi, futbolchilar etishmayti. Nurbek Sarsenbaev kabi futbolchilar jamoadan ketdi. Jamoaning zaxira holati qanday? Zaxiradagilar asosiy tarkibning o'rnini bosa oladimi?

- Bilasiz, U17 termasida bizning ikki futbolchi Sarsenbaev va Erimbetovlar bor edi. Islom Ismoilov "Neftchi" yoshlariga murabbiy bo'lganidan keyin bizdan U17 termadagi futbolchilarni so'rashdi, ushbu termadagilar bitta jamoaga yig'ilgan holda jahon chempionatiga tayyorlanishini aytishdi. Termaning manfaatini ustun qo'yamiz, ular borib, yaxshi natijalar qayd etishini tilab qolaman. Islom Ismoilov Prezidentimizga ham vadalar berdi, ularni qo'llab-quvvatlaymiz. Zaxirada asosiydagilarning o'rnini bosa oladiganlar bor. "Aral"ga qarshi yomon o'ynamadik, ikkinchi bo'limda o'zimizni qo'lga oldik. "Olimpik"ni mag'lub qildik. Asosiydagilarning o'rnini bosish uchun Birinchi ligadagi "Aral akademiya" jamoasidan ham bir qancha futbolchilarni tarkibga jalb qildik. "Olimpik-Mobiuz"da bitta futbolchimiz bor edi, uni qaytardik. Lekin ularning barchasi tajribasiz. Biz Pro-liga darajasiga hali tayyor emasmiz. Bugungi o'yinda mana barchasi ko'rinib qoldi. Biz "Lokomotiv" kabi jamoalarga tayyor emas ekanmiz. Bizning joyimiz qaerda ekanligi bilindi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика