Fevzi Davletov: "Bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz"
24 avg 00:15
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz"
"Nasaf" — chempionat etakchisi. Bizni qiyin o'yin kutib turgandi. Birinchi bo'limda mudofaada ozmi-ko'pmi yaxshi o'ynadik. Ammo, juda ko'p xatolar qildik. Bunga ehtimol raqib, ehtimol hayojon sabab bo'ldimikin... Harakatlarimizda o'ziga ishonmaslik bor edi. Ikkinchi taymga kelsak, oddiy joyda to'rt daqiqa ichida ikkita xatoimiz tufayli to'p o'tkazib yubordik, "Nasaf" esa xatolarni kechirmaydigan raqib. Shu gollardan so'ng biroz hujumkorroq o'ynashni boshladik. Bunga birinchi bo'limda nima halaqit bergandi? Buni tahlil qilish kerak. Goldan so'ng ham ko'p xatolar qildik", — deya gapni boshladi termizliklar bosh murabbiyi.
— "Surxon" Qo'qonda va bugun ko'rsatgan o'yini bilan muxlislarni xursand qilyapti. Sizlar xalq yaxshi ko'radigan jamoaga aylanyapsizlar.
— Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Bugun esa bunday o'zimizga ishonmagan holda o'ynashimiz kerakmas edi. Buni tahlil qilamiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar