So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi 27 avgustga ko'chirildi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi 27 avgustga ko'chirildi

"Bunyodkor" rejasi bo'yicha klub 20 avgustdan keyin o'z maydoniga qaytishi kerak edi.

Biroq Lopes koncertidan keyin "Bunyodkor" stadioni maydoni hali-hamon o'zini o'nglab olganicha yo'q. 

Bu o'z navbatida muammolarni ko'paytirdi. CAFA musobaqasi FIFA kunlaridan tashqariga chiqib kelishi oqibatida milliy terma jamoa bosh murabbiyi jamoani 26 avgustdan etiboran yig'ishni reja qilgandi. Biroq taqvim zichlashib ketishi barobarida Liga Kapadze bilan kelishdi hamda o'zining so'nggi rasmiy uchrashuvlarini 26 avgustga belgiladi. Shu holat bo'lmaganida, O'zbekiston kubogining 1/4 finalidan joy olgan Jizzax va Samarqanddagi, shuningdek, poytaxtdagi ikki bellashuv bir kunga to'g'ri kelmasdi. Boz ustiga, CAFA musobaqasi sabab "Do'stlik" stadioni ham ertaroq bo'shatib berilishi lozim edi. Shundan kelib chiqib, Liga ikki Olimpik o'rtasidagi Proliga o'yinini ham 26 avgustga belgilashga majbur bo'ldi. Biz bu bilan futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogiga ham xalal berdik. 

Shunga qaramay, O'zbekiston kubogi doirasidagi "Bunyodkor" — "Buxoro" o'yinini Olmaliq shahriga ko'chirish rejalashtirilgandi. Ammo malum bo'lishicha, 26 avgust kuni OKMK stadioni Toshkent viloyatining bayramoldi tadbirlariga mezbonlik qiladi. Mazkur holat o'z stadionini yo'qotgan "Bunyodkor" uchun yana bir bosh og'rig'i bo'ldi. Eng so'ngida klub terma jamoa rahbariyati bilan kelishgan holda, "Jar" stadionidan 27 avgust kuni ham foydalanishga ruxsat oldi. Vaholanki, shu kuni milliy terma jamoa yig'ini start oladi va albatta stadion CAFA musobaqasi uchun tayyorgarlik boshlayotgan bo'ladi. 

Afsuski, endilikda "Jar" stadioniga og'riq yuklama tushmoqda. Superliga, Proliga va kubok doirasidagi o'yinlardan tashqari stadion bir haftada ikki marta ommaviy futbol musobaqasining final uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Keyin esa "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari 1 kunlik farq bilan "Jar" stadionidan foydalanadi.

Liga taqvim ishlab chiqayotganda va o'z rejalarini muvofiqlashtirayotganda milliy terma jamoa o'yinlari FIFA kunlaridan tashqariga chiqib ketishi va albatta koncert dasturi sabab mamlakatning bosh stadioni ishdan chiqishini hisobga olmagandi. Endi esa klublarimiz bilan birgalikda o'zimizga tegishli bo'lmagan muammolar qarshisidan chiqdik. Buning uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'raymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика