Mirko Yelichich: "Jamoam rivojlanayotgani ko'zga tashlanmoqda"
23 avg 23:21
Yangiliklar


Mirko Yelichich: "Jamoam rivojlanayotgani ko'zga tashlanmoqda"
- Hisobni qarashsa, engil o'yin bo'lgan deb hisoblashlari mumkin, biroq bu ligada engil o'yinlar bo'lmaydi. "Jayxun" jamoasi menga yoqdi, ular maydonda o'zlarini yaxshi tutishadi, futbol o'ynashga harakat qilishadi. Bugun ularga nimadirlar etishmadi, balki tajriba etishmagan bo'lishi mumkin. Balki uzoq yo'ldan keyin yigitlarda kuch qolmagandir. Mening jamoamda esa yaxshilanish va rivojlanish bor. Qadam va qadam oldinga harakatlanyapmiz.
- Natijani bir chetga surgan holda: futbolchilar ko'rsatmalarni qanchalik bajarishdi? O'yindan mamnunmisiz?
- Men shunday odamman, doimo norozi bo'laman. Men uchun doimo o'yinda o'xshagan ishlardan o'xshamagani ko'proq bo'ladi. Doimo bu holatlarni yaxshilashga, rivojlantirishga harakat qilaman. Istalgan inson aytishi mumkin, mening eng yaxshi jamoam shu. Shu sababli har doim rivojlantirish yo'lida ishlayman. Hozirgi holatda, balki, hisob unchalik muhim bo'lmagandir. Biroq o'yinda ko'rindiki, nimalarnidir yaxshilash kerak. Yaxshi tomoni shundaki, ishlarimiz ko'rina boshlandi.
- Bugun debyutini amalga oshirgan Husanov va Abdusalomovning o'yinini qanday baholaysiz? Ularga yana imkoniyat beriladimi?
- Buni bilmadim, kelgusi ishlarni taxmin qilib bo'lmaydi. Jarohatlar yoki kartochkalarda muammolar bo'lishi mumkin. Hozir ikkinchi davradamiz. Yani, ko'p narsalarni o'zgartirmay katta kuch bilan futbol o'ynash mumkin, keyin mavsum yakunlanadi. Nimalarnidir o'zgartirish esa ochkolarning yo'qotilishiga sabab bo'lishi mumkin. Hudo xohlasa ularga yana imkoniyat beramiz. Lekin bu savolga aniq javob bera olmayman.
- Maydondagi tartib-intizom Siz uchun qanchalik muhim?
- Juda muhim. Ilk navbatda futbolchi maydondagi vazifasini tushunishi kerak. Kim tushunmasa maydondagi ishini tugataverishi kerak. Uning vazifasini qanchalik tushunishini maydondagi tartib-intizomidan sezsa bo'ladi: professional va jamoaviy bo'lish muhim. Har doim ishlashda davom etish kerak, lekin mayda detallar ham bor. Ishlaring yaxshi ketayotgan bo'lsa, ishlashni to'xtatish kerak degani emas, yanada kuchayish darkor.
- Qisqa muddat ichida 3ta o'yin o'tkazdingiz. Endi 20 kundan ko'proq tatil bor. Bu vaqt ichidagi rejalar qanday?
- Bu biz uchun noqulay. Dunyoning barcha ligalarida ham bunday bo'lmasa kerak. Ligada o'zi oltitagina jamoa bor, o'yinlar soni etarli emas. Liganing qanday ekanligini his qilib bo'lmaydi. Keyin tatil yuzaga keladi va jarayonni buzib qo'yadi. Shu sababli bu davr uchun yaxshi raqiblar izlayapmiz va mashg'ulotlarda qattiqroq ishlashimiz kerak bo'ladi.
- Demak kichik yig'in tashkillashtiriladi?
- Ha, mini-yig'in desak ham bo'ladi. Bizni ikkita o'rtoqlik o'yini kutib turibdi. Bu o'yinlarda ham jamoaviylikni oshirishimiz kerak bo'ladi. Ikkinchi davra uchun qanday jismoniy yuklama berishni ham bilib bo'lmaydi. Deyarli bir oy mashg'ulot olib boramiz. O'yinlarga borganda nimadirlar etishmay qolishi ham mumkin. Shu boisdan o'yinni tushunish va jismoniy yuklama bo'yicha ishlar olib boramiz.
- Jamoani tonusda ushlab turish qiyin bo'ladimi?
- Tonusda ushlab turish kerak. Buni o'yinlar orqali amalga oshiramiz. Biroq bu qanday o'yin uslubi bilan o'ynashga va raqibning o'yiniga ham bog'liq. Raqiblar har xil o'ynaydi, shu sababli talablar ham boshqacha bo'ladi. Raqiblarni qanchalik yaxshi bilib olsak, ularga qarshi o'ynash osonroq bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar