Superliga. Xurshid G'iyosovning benefisiga aylangan uchrashuvda OKMK "Xorazm"ni mag'lub etdi
23 avg 21:27
Yangiliklar


Superliga. Xurshid G'iyosovning benefisiga aylangan uchrashuvda OKMK "Xorazm"ni mag'lub etdi
OKMK – "Xorazm" 3:1 (TUGADI)
23.08.2025, 19:30
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Aziz Isoqov
Zaxira hakami: Salohiddin Akromov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Rishat Nugmanov
Komissar: Oybek Davletmurodov
Gol: Aziz Xolmurodov (Xurshid G'iyosov) 8, 1:0, Murodbek Bobojonov (Shahrom Samiev) 15, 1:1, Giorgi Papava (Xurshid G'iyosov) 72, 2:1, Naoaki Senaga (Xurshid G'iyosov) 89, 3:1
OKMK: 88. Hamidullo Abdunabiev, 2. Akramjon Komilov (19. Axmadullo Muqimjonov,77), 5. Giorgi Papava, 6. Avazbek O'lmasaliev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev (3. Shahzod Toirov,90), 8. Aziz Xolmurodov (18. Ibrohim Yo'ldoshev, 77), 10. Xurshid G'iyosov, 11. Ruben Sanches, 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 77. Nodirbek Abdurazzoqov ( 16. Naoaki Senaga, 77)
Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 4. Mirjamol Qosimov, 27. Ali Abdurahmonov, 30. Abror Sarimsoqov, 99. Asadbek Sobirjonov
"Xorazm": 39. Artyom Potapov, 2. Diyorbek Ortiqboev, 7. Temurbek Ismailov ( 77. Sunnatulla Abdullajonov, 90+4), 8. Xazratjon Tursunqulov, 10. Murodbek Bobojonov, 11. Xumoyunmirzo Iminov (5. Dilshod Jo'raev,78), 15. Vladimir Bubanya, 18. Iskandar Shayqulov (22. Asadbek Saitxonov, 46), 88. Abror Xo'sinov, 94. Rustamjon Abduhamidov, 99. Shahrom Samiev (79. Azizjon Ahrorov, 78)
Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 12. Sardor Kobuljanov, 4. Farruhjon Ibrohimov, 20. Danila Ejov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov,
Ogohlantirish: Iskandar Shayqulov ("Xorazm") 25, Temurbek Ismailov ("Xorazm") 33, Azizjon Ahrorov ("Xorazm") 87
90+6. Uchrashuv yakunlandi.
90+5. Muqimjonovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
89. GOL. OKMK baribir uchinchi golni urdi. Zaxiradan maydonga tushgan Naoaki Senaga. Bugun Xurshid G'iyosovning benefisiga aylandi, aynan uning 3 ta uzatmasi 3 ta golga sababchi bo'ldi
87. OGOHLANTIRISH. Azizjon Ahrorov, "Xorazm"
83. Gol inobatga olinmadi. O'yindan tashqari holat
80. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.
78. GOL. Ruben Sanches birga bir vaziyatda Potapov darvozasini ishg'ol qildi. Lekin hakam o'yindan tashqari holat dedi. VAR bor
77. O'ZGARISH. OKMK, Akrom Komilov o'rniga Ahmadullo Muqimjonov, Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga Naoaki Senaga, Aziz Xolmurodov o'rniga Ibrohim Yo'ldoshev
72. GOL. O'yindagi sokinlikni Giorgi Papava buzishga qaror qildi. Xurshid G'iyosovning uzatmasini mezbonlar yarim himoyachisi Giorgi Papava gol bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi.
65. Mutlaqo teng o'yin.
61. Samiev akrobatik uslubda zarba berishga harakat qildi. Noaniq.
55. OKMKning hujumlari zarbagacha bormayapti.
50. Darvozalar oldida keskinlik kam.
46. O'ZGARISH. "Xorazm", Iskandar Shayqulov o'rniga Asadbek Saitxonov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. Nodirbek Abdurazzoqov zarba berishda biroz noto'g'ri harakat qildi.
40. Birinchi bo'lim oxirlamoqda.
33. OGOHLANTIRISH. Temurbek Ismailov, "Xorazm"
25. "Xorazm" to'p nazoratiga etibor qaratmoqda.
20. Ikki jamoa ham teng o'yin ko'rsatmoqda.
15. GOL. "Xorazm" tarkibida Murodbek Bobojonov hisobni tenglashtirdi.
13. OKMKning qanotlari doimgidek faol.
8. GOL. OKMKning qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. Abdunabiev boshlab bergan hujumni Ruben Sanches davom ettirdi va G'iyosovga uzatdi. G'iyosov zarba yo'llashda qiynaldi va to'pni Xolmurodovga qoldirdi, 1:0
4. Hujum qilish navbati mehmonlarga. Iskandar Shayqulov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Hamidullo Abdunabiev to'g'ri poziciya tanladi.
3. OKMKdan o'yindagi dastlabki xavfli vaziyat. G'iyosovning uzatmasidan so'ng jamoadoshi Ruben Sanches bergan zarbani Potapov qaytardi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
HECH BIR VILOYAT JAMOALARINI MAQTOVINI ESHITMAS EKANMIZDA