So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Istiqlol" stadioni suxandoni provokacion elonlar berdi, "Dinamo" stadioni texnik hududiga begona shaxslar kirdi, Vladimir Bubanya mikst-zona masalasida komissarga etiroz bildirdi - Liga komissarlari bildirgisi Yangiliklar

"Istiqlol" stadioni suxandoni provokacion elonlar berdi, "Dinamo" stadioni texnik hududiga begona shaxslar kirdi, Vladimir Bubanya mikst-zona masalasida komissarga etiroz bildirdi - Liga komissarlari bildirgisi

PFL matbuot xizmati 10-18 avgust kunlari bo'lib o'tgan Superliga 18-19-turidan keyin Liga komissarlari yozgan bildirgilarni taqdim etdi.

18-tur. "Neftchi" – "Nasaf"

"Neftchi" jamoasi matbuot kotibi ogohlantirishlarga qaramay, Liga tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmagan begona shaxslarga fotomuxbirlar uchun mo'ljallangan nimchalarni bergan. Bundan tashqari, uchrashuv davomida maydon atrofida begona shaxslar harakatlangani malum bo'ldi. Bu orqali mezbon klub Superliga va Pro liga reglamentining 18.5 bandini buzdi.

Bundan tashqari, "Istiqlol" stadioni suxandoni o'yin davomida o'zi uchun belgilab berilgan matndan tashqariga chiqib, muxlislar tomon turli provokacion elonlar berdi. Suxandon ushbu harakatlari orqali Superliga va Pro liga reglamentining 15.15 bandini bir necha marta buzdi.

"Neftchi" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


18-tur. "Dinamo" – "Paxtakor"

"Dinamo" stadioni texnik hududi yoniga o'yinga umuman aloqasi yo'q, tegishli akkreditaciyaga ega bo'lmagan bir necha shaxslar o'tirib oldi. Ularga berilgan ogohlantirishlar samara bermadi. Ushbu shaxslar o'zini xavfsizlik uchun masul xodim deb tanishtirgan bo'lsa ham uchrashuv davomida biror bir funkciya bajarmadi. Bu orqali Superliga va Pro liga reglamentining 15.5 bandida ko'rsatilgan talablar bajarilmadi.

"Dinamo" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


19-tur. "Xorazm" – "Qizilqum"

"Xorazm" klubi futbolchilari uchrashuvdan so'ng maxsus tashkil qilingan mikst-zona orqali emas, boshqa yo'l bilan stadionni tark etmoqchi bo'lgan. Klub vakillari yordamida futbolchilar ortga qaytarilib, ularning mikst-zonadan o'tishlari taminlandi. "Xorazm" klubi futbolchisi Vladimir Bubanya vaziyat bo'yicha uchrashuv komissariga etiroz bildirdi. Bu talab reglament orqali belgilab qo'yilgani tushuntirilsa ham futbolchi hech qaysi musobaqada mikst-zonadan o'tish majburiy emasligini aytib, Liga rasmiylariga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lgan. 

Vladimir Bubanya Superliga va Pro liga reglamentining 18.7 bandi ijrosini taminlayotgan Liga rasmiylarining ishiga aralashish orqali ushbu reglamentning 15.2 va 15.3 bandlariga amal qilmadi.

Vladimir Bubanyaning ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика