So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Maksim Shackix: "Jamoamizda "Andijon" darajasiga mos bo'lmagan futbolchilar bor" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Jamoamizda "Andijon" darajasiga mos bo'lmagan futbolchilar bor"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (2:6) uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Nima deyishni ham bilmayman. Birinchi taymda o'tkazilgan gollarni ko'rdingiz. Juda kulgili. Bizda ham hech bo'lmasa bitta shunaqa gol bo'lganida edi, o'zimni baxtiyor his qilardim. Ikkinchi taymda vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Ammo oxirgi daqiqalarda uchta gol qabul qilib oldik. Bor gap shu.

- Juda achinarli mag'lubiyat bo'ldi. Jamoada nimanidir o'zgartirish kerakmi?

- Bizga faqat vaqt kerak. Hamama narsaga vaqt zarur. Ikki-uch oyda jamoa tuzib bo'lmaydi. Yangi futbolchilar ko'p, lekin ular bir jamoa bo'lishi uchun vaqt kerak. Eng muhimi, bu ruhiyat bilan bog'liq. Kim qaerda o'ynaganining farqi yo'q. Hozirgi paytga qarash kerak. Vaqt bo'lsa, umuman boshqa jamoa ham bo'ladi.

- Ikkinchi davra boshlangach, 5ta uchrashuv o'tkazildi. Shu beshta o'yindan 4 ochko olishni qanday izohlaysiz?

- Mag'lubiyatga uchragan har bir o'yinimizni tahlil qilib ko'ring, albatta nimadir sabab bo'ladi. "Navbahor", "Mashal", mana bugun "Paxtakor" - shu jamoalarga yutqazgan o'yinimizni ko'rib chiqsangiz hammasi tushunarli bo'ladi. "Paxtakor"da individual jihatdan kuchli futbolchilar yig'ilgan. Shu bois ular kuchli. Biz esa jamoa bo'lib o'ynashga harakat qilyapmiz. Birinchi uchta golni qarang, hatto bolalar futbolida bunaqa gollar o'tkazilmaydi. Yana nima deyishim mumkin. Bugungi o'yin bizga katta dars bo'ldi. Keyingi bahsda kimni o'ynatish, kimni zaxirada qoldirishni ko'rib oldik.

- Oltita gol o'tkazgan Erjan Tokotaevning o'yinini qanday baholaysiz?

- Erjan bir necha bor jamoamizni qutqardi. Uning xatolarini darvozabonlar murabbiyi bilan gaplashib tahlil qilamiz.

- Himoyachilar o'yini haqida fikringiz?

- Bugun Altin Kreziuni himoya markazida sinab ko'rdik. Shuningdek Abdurahmon Komilov ham o'ynadi. Jamoamizda "Andijon" darajasiga mos bo'lmagan futbolchilar bor. Lekin ular klubga mosmiz deb o'ylaydi. Bu juda yomon. Ammo bunday o'yinlar kim qanaqa ekanini ko'rsatadi. Afsuski, biz darhol o'zgarish qila olmaymiz. Aytib o'tganimdek, hammasiga vaqt kerak.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика