So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Ro'ziqul Berdiev: "Surxon" ehtimol "Nasaf"ning salohiyatidan qo'rqqandir" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Surxon" ehtimol "Nasaf"ning salohiyatidan qo'rqqandir"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Superliga 20-tur doirasidagi "Surxon" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda ikki jamoa ham gol o'tkazib yuborishdan qo'rqqan holda ehtiyotkorlik bilan o'ynadi. Ikki bo'limda hujumkor harakat qilgan holda g'alabaga ishtiyoqimizni ko'rsatdik. O'ylaymanki, Dragan Cheranni tushirganimiz ish berdi va g'alabaga erishdik", — deya gapni boshladi qarshiliklar bosh murabbiyi.

— Elit Chempionlar ligasiga qura tashlandi. Jamoaning maqsadlari qanday?

— Qurada ko'rdingiz, bizga jiddiy raqiblar tushdi. Bizning vazifamiz ushbu turnirda munosib ishtirok etish va iloji boricha keyingi bosqichlarga chiqish. Chempionatdagi maqsadimiz esa titulni himoya qilish. Chempionatimiz ham og'ir, bu mavsumda 5-6 ta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda, oddiy jamoalarga qarshi o'ynash ham oson bo'lmayapti. Bizning o'z maqsadimiz bor va chalg'imasdan shu yo'l bo'yicha olg'a borimishiz kerak.

— Birinchi davra o'tdi. "Nasaf" uchun qaysi klubni asosiy raqobatchi sifatida ko'ryapsiz?

— Bunday jamoalar ko'p. Chempionlik uchun kurash so'nggi turlarga qadar davom etadi.

— "Surxon" jamoasining ijobiy jihatlarini zararsizlantirish uchun o'yinchilarga qanday ko'rsatmalar berildi?

— Takidlashim kerakki, "Surxon" doim yaxshi futbol ko'rsatishga urinadigan yosh jamoa va har bir raqibga jiddiy muammo tug'diradi. Ushbu jamoa murabbiylar shtabining faoliyatini yuqori baholashim kerak. Jamoadan etakchilar ketgan bo'lsa ham o'z futbolini ko'rsatishga intilyapti. Shu sabab ushbu jamoaga ko'plab mutaxassislar simpatiya bildiradi. "Surxon" jamoasi to'pni ko'proq o'zida ushlashga harakat qiladi, biz esa kerakli paytlarda ularga bosim qilishimiz kerak edi. Ehtimol "Surxon" bugun "Nasaf"ning salohiyatidan qo'rqib, o'z futbolini namoyish etmagandir. Ammo, biz buni qilishga ham imkon bermadik. Ammo, ular 2:0dan keyin o'z futbolini o'ynashni boshladi va vaziyatlar yarata oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика