"Osasuna" - "Real" uchrashuvida tribunadan uloqtirilgan yondirgich Modrichga tegdi
12 fev 2017 15:18
Yangiliklar
"Osasuna" - "Real" uchrashuvida tribunadan uloqtirilgan yondirgich Modrichga tegdi
"Osasuna" hamda "Real" o'rtasidagi LaLiganing 22-tur uchrashuvida mezbonlar tribunasidan otilgan yondirgich madridliklar yarim himoyachisi Luka Modrichga tegdi.
Voqea Isko 62-daqiqada "Real"ni hisobda oldinga olib chiqqan (2:1) paytda yuz berdi. Futbolchilar gol muallifini tarbiklayotganda, "Osasuna" ishqibozlari tribunada yondirgich uloqtirishdi va u Luka Modrichning boshiga tegdi. Voqeani ko'rgan Xames Rodriges buyumni erdan olib, atrofdagilarga ko'rsatdi.
Bu voqea Modrichga uchrashuvni davom ettirish uchun halaqit qilmadi va bahs 3:1 hisobida "Real"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar