So’nggi yangiliklar

16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  2 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0

Elit OCHL. Mavsumning oxirgi o'yini qanday tugaydi? Yangiliklar

Elit OCHL. Mavsumning oxirgi o'yini qanday tugaydi?

Bugun "Nasaf" ushbu mavsum hisobidan o'zining oxirgi o'yinini o'tkazadi.

Qarshiliklar Elit OCHL doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi mehmoni bo'lishadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 23:15 da start oladi.

6-tur start oldi

Kecha Elit OCHL 6-tur bahslariga start berildi. Dastlab bo'lib o'tgan o'yinlar natijasini keltirib o'tsak.

"Sharja" - "Al Hilol" 0:1

Gol: Malkom, 81

Hakam: Salman Falahi (Qatar)


"Traktor" - "Al Duhayl" 2:1

Gollar: Xalilzoda 51, Hosseynzoda 90+2 - Burigo 35 (penalti)

Hakam: Ryo Tanimoto (Yaponiya)


"Al Shorta" - "Al Ahli" 0:5

Gollar: Ibanes 30, Toni 56, Galeno 72, Vaheb Saleh 81, Al Johani 86.

Hakam: Adel Al Naqbi (BAA)


"Al Garafa" - "Al Vahda" 1:0

Gol: Sano 87. 

Hakam: Qasim Al Hatmi (Ummon)


Demak, 6-turda Saudiya Arabistonining har ikki klubi - "Al Hilol" va "Al Ahli" safarda gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi. Eronning "Traktor" klubi o'z maydonida kimsan "Al Duhayl"dan ustun kelgan bo'lsa, Qatarning "Al Garafa" klubi BAAning "Al Vahda" jamoasini kichik hisobda mag'lub etdi. 

Bugun yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi. "Al Sadd" Dohada "Shabab Al Ahli" bilan kuch sinashsa, "Nasaf" Jiddada "Al Ittihod" mehmoni bo'ladi. Shu bilan "Nasaf" ushbu mavsumdagi so'nggi rasmiy o'yinini o'tkazadi.

"Al Ittihod" ham Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi va bir necha bor O'zbekiston klublariga qarshi maydonga tushgan. Bu jamoa o'tgan mavsum Saudiya chempionligi bilan Qirol Kubogini qo'lga kiritdi vaElit OCHL to'g'ridan to'g'ri yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Lekin "Al Ittihod"ning Elit OCHLdagi ishtirokini zo'r deb bo'lmaydi. Shu paytgacha beshta o'yinda maydonga tushgan saudiyaliklar faqat ikkita bahsda g'alaba qozonib, 6 ochko bilan 8-o'rinda borishyapti.

"Al Ittihod" Iroqning "Al Shorta" klubini 4:1 hamda BAAning "Sharja" jamoasini 3:0 hisobida engib 6 ochkoga ega bo'ldi. Shu bilan birga BAAning "Al Vahda" klubiga 1:2, "Shabab Al Ahli" jamoasiga 0:1 hamda o'tgan tur Qatarning "Al Duhayl" klubiga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu o'yinda Karim Benzema ikkita gol urdi.

"Nasaf" ham ushbu musobaqada O'zbekiston chempioni sifatida ishtirok etmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari afsuski, shu paytgacha o'tkazilgan 5ta uchrashuvning hammasida mag'lub bo'lishdi.

Hammasi dastlabki tur "Al Ahli" bilan o'yindan boshlandi. "Nasaf" 2:0 hisobida oldinda borayotib, 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Agar shu o'yin kamida durang bilan yakun topganida keyingi to'rt uchrashuvning hech bo'lmasa ikkitasi yana ijobiy yakun topishi mumkin edi.

Lekin birinchi mag'lubiyatdan keyin shashti pasayib ketgan "Nasaf" keyingi to'rtta o'yinni ham o'z foydasiga hal eta olmadi. Qarshiliklar shundan so'ng "Al Hilol", "Shabab Al Ahli", "Al Vahda", "Traktor" klublariga imkoniyatni boy berishdi. Ko'rdingizmi, 1-turdagi xato keyingi turlarga ham tasir ko'rsatdi.

Aslida bemalol "Al Vahda" va "Traktor" bilan o'yinlarda ochko olsa bo'lardi. Bu o'rinda yanayam alam qilgani "Nasaf"ning uchta o'yinda 11ta gol o'tkazib yuborgani bo'ldi.


"Al Ittihod"da kimlar bor?

Hozirgi paytda "Al Ittihod"ni yaqin o'tmishning mohir yarim himoyachilaridan biri Serjiu Konseysau boshqarmoqda. Portugaliyalik mutaxassis "Yuventus"da to'p tepayotgan Fransisko Konseysauning otasi ekanini ko'pchilik bilsa kerak.

51 yoshli Konseysau 2017-2024 yillar mobaynida "Portu" boshqargani bilan nom qozondi. Keyinchalik qisqa muddat "Milan"da ishladi va shundan so'ng Saudiyaga yo'l olib, "Al Ittihod"ni qabul qilib oldi. Konseysau "Milan" bilan Italiya Kubogida zafar quchdi, ammo chempionatda 8-o'rinni egallashi murabbiyning istefosiga sabab bo'ldi. Shu yilning 7 oktyabr kuni "Al Ittihod" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bungacha Jidda klubini Loran Blan boshqarib kelayotgandi.

"Al Ittihod" tarkibida bir qator mashhur o'yinchilar bor. O'tgan tur "Al Duhayl" bilan bahsda ikkita gol urgan Karim Benzema jamoaning eng asosiy yulduz futbolchisi hisoblanadi. Bundan tashqari tarkibda Kante, Fabino, Pereyra, Stiven Bergviyn kabi futbolchilar ham bor.


Jamoalar deyarli teng holatda

Qariyb bir oydirki har ikki jamoa ham rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q. "Nasaf" 29 noyabr kuni Superliga oxirgi tur uchrashuvini "Dinamo"ga qarshi o'tkazdi. Qizig'i, "Al Ittihod"ning ham bungacha oxirgi rasmiy o'yini 29 noyabrga to'g'ri keladi. Saudiya klubi shu kuni Qirol Kubogi doirasida "Al Shabab"dan 4:1 hisobida ustun keldi.

Hozir Saudiya Arabistoni milliy chempionatida tanaffus yuzaga kelgan va bir oydan beri jamoalar futbol o'ynamayapti. Bizda esa mavsum tugadi. 27 dekabrdan Saudiya chempionati yana davom etadi. Bizda yangi mavsum fevral oxirida boshlanadi. "Al Ittihod" bir oylik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Dubayda yig'in o'tkazib qaytdi. "Nasaf" futbolchilari bir necha kunlik tatilga chiqib, o'yinga o'n kun qolganida tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Bir so'z bilan aytganda har ikki klub deyarli teng holatda, chunki ikkala jamoa ham bir oydan beri rasmiy o'yin o'tkazmadi.


"Nasaf" uchun oxirgi imkoniyat

OFK sayti bu o'yin "Nasaf" uchun eng oxirgi imkoniyat ekaniga to'xtaldi. Chunki buyog'iga uchta tur qoldi va "Nasaf" sakkiztalikka kira olmasa, musobaqa bilan xayrlashadi. Shuningdek, "Al Ittihod" uchun ham bugungi bahs juda muhim hisoblanadi. Chunki kecha "Al Garafa" g'alaba qozonib, ochkosini 6taga etkazib oldi. Agar "Nasaf" g'alaba qozonsa (futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q), keyingi ikkita turni birmuncha oson raqiblarga qarshi o'tkazadi. O'ylaymizki, qarshiliklar hali qo'lni tushirgani yo'q.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 dek 16:46:51
Мамуржон Розибоев
Afsuski bugunam yutqazadi Nasaf realni qaredigan bo'sak
   
23 dek 15:49:24
Odiljon
Sport tv xam ishonmasdan ataylab kechroqqa qoyganmi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика