Modrich: "Dastlab, olqishlar mening sharafimga ekanligini tushunmadim"
23 noy 2025 15:29
Yangiliklar
Modrich: "Dastlab, olqishlar mening sharafimga ekanligini tushunmadim"
JCH saralashi doirasida Xorvatiya terma jamoasi mehmonga kelgan va malum pallada 0:2 hisobida ortda qolayotgan bo'lsada, yakunda 3:2 hisobida zafar quchdi. Xorvatlar uchun amalda hech nimani o'zgartirmaydigan o'yinning 78-daqiqasida Modrich zaxiradan maydonga tushirilganida, butun stadion uni olqishlar bilan qarshi oldi. Luka o'yindan keyin ushbu qarsaklar unga qaratilganini dastlab tushunmaganini tan oldi.
"Dastlab, olqishlar mening sharafimga ekanligini tushunmadim. Biroz vaqt kerak bo'ldi. Chin qalbimdan ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolga bo'lgan mehrim oldinga harakat qilish uchun menga kuch beradi", - deya Modrich so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Luka "Milan" sharafini himoya qilmoqda va bugun tunda jamoa A Seriya 12-turi doirasida "Inter" bilan ro'baro' keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar