Quvondiq Ro'ziev: "Navbahor" muxlislari oldidagi qarzimni uzishga harakat qilaman"
23 dek 13:30
Yangiliklar
Quvondiq Ro'ziev: "Navbahor" muxlislari oldidagi qarzimni uzishga harakat qilaman"
Futbolchi kechagi mashg'ulotlardan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
"O'tgan mavsum har tomonlama qiyin bo'ldi deya olaman. Vodiyda chempion bo'lish ikki karra qiyinroq. Bosim juda yuqori. "Neftchi" tark etishimga kelsak, "Navbahor"dan taklif tushishi bilan ikkilanmasdan qabul qildim. Timur aka bilan birga to'p tepganman. Qo'qonda oz muddat birga ishlaganman", – deydi Quvondiq Ro'ziev.
— "Navbahor" jamoasi sizga tanish. Bu erda bir muddat o'ynagansiz, muhit begona emas. Bu omil sizga qo'shimcha ustunlik beradimi?
— "Navbahor" jamoasiga birinchi transferim omadsiz bo'lgan. Futbolda mayda detallar yo'q. Bu bahona emas, lekin jarohatim bilan kelganman. Jarrohlik amaliyoti kechikib boravergani sari jarohatim og'irlashib boravergan. Shu bois o'zimni yuz foiz ko'rsata olmaganman. Muxlislar oldidagi qarzimni keyingi yilgi o'yinlarim bilan uzishga harakat qilaman.
— Murabbiy faktorini aytdingiz. 2026 yilgi mavsumdan nima kutyapsiz?
— Futbolchi necha yoshdan bo'lsa ham o'sishni istaydi. Timur Kapadze juda iqtidorli murabbiy. Ulardan o'rganadigan narsalarim juda ko'p. Bu jamoaga kelishimda murabbiy faktori katta rol o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar