"Milan" Avstraliyada o'yin o'tkazmaydi. Sababi oshkor bo'ldi
23 dek 2025 13:57
Yangiliklar
"Milan" Avstraliyada o'yin o'tkazmaydi. Sababi oshkor bo'ldi
Hatto amaldorlar tomonidan omma oldida ishonch bildirilgan, barcha narsa yaxshi ketgandek tuyulardi. Ammo oxirgi pallada reja barbod bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 6 fevral kuni bo'lishi kerak bo'lgan o'yin Pert shahrida o'tkazilmaydi. Buning sababi — Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan qo'yilgan moliyaviy talablar bo'lib, ularni bajarish G'arbiy Avstraliya hukumati hamda A Seriya uchun og'irlik qilar, moliyaviy xavf-xatarlarga olib kelar edi.
Endi A Seriya o'yinni xorijda o'tkazish uchun yangi joy qidiradimi yoki oxir-oqibat u Italiyada bo'lib o'tadimi — hozircha nomalum. Biroq "San-Siro" stadionida o'tkazishning imkoni yo'q, chunki 6 fevral kuni "Milan" uy stadioni Qishki Olimpiya O'yinlarining ochilish marosimi sabab band bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar