"Ahil bo'lmasak, bir natijaga erishish qiyin. Birgalikda vazifani uddalaymiz" - Timur Kapadze
23 dek 12:46
Yangiliklar
"Ahil bo'lmasak, bir natijaga erishish qiyin. Birgalikda vazifani uddalaymiz" - Timur Kapadze
"Lochinlar" ustozi sifatida ishga kirishgan Timur Kapadze tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi.
"Yig'inga kirishdik. Hali tarkibga hamma ham qo'shilgani yo'q, yangi yildan so'ng to'liq holda bo'lamiz. Shunga qaramay hozirgi tarkib, qolaversa yoshlarni ko'rib chiqmoqchimiz. Albatta, maqsad yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish. O'ylaymanki, hammasi joyida bo'ladi. Selekciya ishlari davom etmoqda. O'yinchilarni ko'rib chiqyapmiz, legioner masalasi ham bor. Yangi yildan so'ng yana shu erda 10 kunlik yig'in o'tkazamiz. Keyin esa Turkiyaga ketamiz. Mashg'ulot jarayonlari hammasi joyida. Kamchilik yo'q, barchasi joyida bo'lishi kerak", – deydi Timur Kapadze.
— Jamoa oldiga rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo'yildi?
— "Navbahor" har doim yuqori o'rinlarga kurashgan jamoa. Hamma yilda har xil bo'lgan. Bizda maqsadlar katta. Yuqori o'rinlar uchun kurashishimiz aniq. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. Yaxshi tarkib yig'a olsak, tepa pog'onalarga harakat qilamiz.
— O'zbekiston terma jamoasi azosi Aziz Turg'unboevni "Navbahor"ga o'tish ehtimoli qanchalik yuqori?
— Hozir ish olib borilyapti. Yana boshqa futbolchilar ham bor. Bu ish jarayoni ketmoqda. Qay darajada kelisha olamiz, chunki shartnoma degan omillar bor. Nasib qilsa, amalga oshadi. Aziz ham yaxshi futbolchi.
— "Navbahor" klub miqyosida avvalgi jamoalaringizdan keskin farq qiladi. Bu erda hamma ham ishlab keta olmaydi. Bunday bosimga tayyormisiz?
— Terma jamoadagi bosim hech qaerda bo'lmasa kerak. Bunga o'rganganmiz, muammo bo'lmasligi kerak. Muxlislar uchun "Navbahor"ga bordim. 2 yildan beri muxlislar ham xohish bildirishgan. Kamchiliklar yo'q emas, nimanidir ustida ishlash kerak, to'g'irlidigan narsalar bor. Yaxshi jamoa qilamiz. Eng muhimi muyulislarni xursand qilish. Niyatimiz ham shunday, "Navbahor" obro'sini yuksaltirish. Muxlislar ham buni to'g'ri tushunishadi va qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylayman. Ahil bo'lmasak bir narsaga erishish qiyin bo'ladi. Birgalikda oldimiga qo'yilgan vazifani uddalaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar