So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

Emeri "Aston Villa"ning tarixiy seriyasidan so'ng: "Biz chempionlikka davogar emasmiz" Yangiliklar

Emeri "Aston Villa"ning tarixiy seriyasidan so'ng: "Biz chempionlikka davogar emasmiz"

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Premer-liganing 17-turida "Manchester Yunayted" (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa o'zini eng yuqori o'rinlar uchun haqiqiy davogar deb hisoblamasligini takidladi.

Ispaniyalik mutaxassis klub uchun asosiy mezon jamoaning o'z imkoniyatlari va salohiyati ekanini qayd etdi.

"Hozirgi o'rnimiz jamoaning real imkoniyatlari va salohiyatini aks ettiradi. Biz "Arsenal" va "Manchester Siti" kabi raqiblar bilan ham o'ynadik va g'alabalarga erishdik, ammo ular ulkan taktik tajribaga va eng yuqori saviyadagi futbolchilarga ega klublar. Bizda ham sifat bor, lekin hozircha o'zimizni ular bilan bir qatorga qo'yish noto'g'ri bo'lar edi.

Biz o'zimizni favorit deb hisoblamaymiz. Bu erga raqobat qila olish orqali keldik. Futbolchilar har bir o'yinga to'liq etibor qaratgan, o'yin tamoyillariga ishonadi va barqarorlikni saqlab kelmoqda, ammo eng yuqori o'rinlar uchun kurash haqida gapirishga hali erta.

Jamoa taxminan 3 yildan beri barqaror natijalar ko'rsatib kelmoqda va muntazam ravishda evrokuboklarga yo'l olyapti. Shu bois biz uchun kamtar bo'lib qolish, ochkolarni qay tarzda qo'lga kiritayotganimizni aniq tushunish va shu yo'lda ishni davom ettirish muhim. Maqsadimiz — shu darajani ushlab turish, aqlli, raqobatbardosh, barqaror bo'lish va o'zimizga nisbatan talabchanlikni saqlash", – dedi Emeri.

Ayni paytda "Aston Villa" 36 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Undan oldinda faqat "Arsenal" (39 ochko) va "Manchester Siti" (37 ochko) joylashgan.

"Emeri effekti": "Aston Villa" klub rekordini o'rnatdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика