Qatar va Saudiya Arabistoni klublari Modrichga davogarlik qilmoqda
14 noy 14:29
Yangiliklar
Qatar va Saudiya Arabistoni klublari Modrichga davogarlik qilmoqda
"Milan"ning afsonaviy xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Yaqin Sharq klublarining etiborini tortdi.
Jurnalist Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, bir nechta Qatar klublari Modrichni sotib olishga qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni ligasi jamoalari ham yarim himoyachiga etibor qaratmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Modrich hozirda to'liq etiborini "Milan"dagi faoliyatiga qaratmoqda va uning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi.
Xorvatiyalik xavbek ushbu mavsum "rossoneri" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, u A Seriyada gol urgan tarixdagi eng yoshi katta yarim himoyachiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar