Slot "Liverpul"da ikki poziciyani kuchaytirmoqchi
23 dek 2025 15:59
Yangiliklar
Slot "Liverpul"da ikki poziciyani kuchaytirmoqchi
Biroq Arne Slotni faqat shu poziciyagina tashvishlantirmayapti.
"Sky Sports" muxbiri Kave Solekolning fikricha, "Enfild"ga markaziy himoyachi ham taklif etiladi, bu albatta Mark Gexi bo'ladi, degani emas.
"Liverpul" 2026 yilda yana bir markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolaydi. Bu yanvarda sodir bo'ladimi-yo'qmi, bunga ishonchim komil emas. Gexi bilan qandaydir jentlmenlik kelishuvi bor-yo'qligi haqida gap-so'zlar yuribdi. Ular uni oxirgi lahzada qo'ldan chiqarib yuborishgan. Endi yana u uchun qaytishadimi? Menimcha, katta ehtimol bilan — ha.
Muammo shundaki, 1 yanvardan boshlab u xorijiy klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo'ladi. Biz bilamizki, "Bavariya", "Real" va "Barselona" unga qiziqish bildirmoqda. "Manchester Siti" ham yangi markaziy himoyachi qidirmoqda. Uning oldida ko'plab variantlar bo'ladi, ammo "Kristal Pelas" uni yanvarda qo'yib yuborishini tasavvur qilish juda qiyin", – deyiladi Solekol yozgan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar