So’nggi yangiliklar

19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  1 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  2 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  13 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  4 15:04Давид Вилья "Атлетико"га қайтди  7 14:37ОКМК "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:16Иван Бошкович "Миркович — яхши дарвозабон" деб айтди. Ҳақиқатан ҳам шундайми?  3 13:52Ўйин тақдирини ҳал қилган "маэстро", марказий учрашувда ғалабани тантана қилган мураббий — Суперлигада 3-тур лауреатлари  7

Ravshan Ermatov: "O'zbekiston mart oyida KONMEBOL, KONKAKAF va Afrika jamoalari bilan o'ynaydi" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "O'zbekiston mart oyida KONMEBOL, KONKAKAF va Afrika jamoalari bilan o'ynaydi"

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Championat.asia saytiga JCH oldidan qanday rejalar amalga oshirilayotgani xususida malumot berarkan, Qatar yig'ini va O'zbekiston mezbonligidagi FIFA Series loyihasi haqida ham gapirdi.

"JCHda milliy terma jamoamiz ilk bor ishtirok etadi. Albatta, puxta tayyorgarlik ko'rish juda zarur. Guruhimizdagi raqiblar o'ta jiddiy — Portugaliya, Kolumbiya va pley-off g'olibi bo'ladigan Afrika jamoasi. Umuman olganda, mundialda kuchsiz terma jamoaning o'zi bo'lmaydi. Hamma raqiblar o'ziga yarasha kuchli. Puxta tayyorgarlik ko'rib, har bir raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

Yanvar oyida Qatarda yig'in olib boriladi. Mart oyida FIFA bilan hamkorlikda FIFA Series loyihasi doirasida Janubiy Amerika (KONMEBOL), Markaziy Amerika (KONKAKAF) va Afrika jamoalari bilan o'yinlar tashkil etiladi. Bu borada muzokaralar davom etmoqda. Mazkur xalqaro musobaqa Toshkentda o'tadi. 

FIFA Series ikkita yarim final, 3-o'rin uchun bahs va finalni ichiga oladi. Shundan so'ng may oyida O'zbekistonda 2 haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkaziladi. Taxminan 20-25 may oralig'ida tayyorgarlik Kanadada davom ettiriladi. Bu vaqt tafovutiga ko'nikishga xizmat qiladi. Kanada terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Kelishuvga erishilib, shartnoma tuzilgan. 

Iyun boshiga kelib biz terma jamoa qarorgohi aynan qaysi shaharda bo'lishiga aniqlik kiritib olamiz. U erda yakuniy tayyorgarlik bo'ladi va mundial oldidan so'nggi o'rtoqlik bahsi ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. Hammasi inobatga olingan va ayni paytdagi taxminiy rejalarimiz shunday ko'rinish olgan. Boshqacha to'xtamga kelish uchun FIFA kunlari yo'l qo'ymaydi, futbolchilarimiz klublari ixtiyorida bo'ladi", – dedi Ermatov.

Avvalroq O'zbekiston Kanada bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi elon qilingan edi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
24 dek 12:05:03
O.G Saydinova
Ракиб Португалия болгандан кейин. Испания билан уртоклик учрашув утказиш керак. Колумбия ракиб болгандан кейин Чили еки Эквадор билан уйнаш керак
+1   
23 dek 15:45:53
KHUSNIDDIN MAMAJONOV
Assalomu alaykum Ravshan Ermatov boshchiligidagi barcha futbol mutasaddilariga OLLOH Kuch Quvvat Bersin. J. CH. DA Munosib Uyin Kursataylik. Va Kup Oʻyinchilarimiz Evropa ga ketishlariga umid qilamiz
   
23 dek 17:25:43
Korea
Тошкентга кучли МТЖ келишини кутиб қоламиз.
   
23 dek 16:33:29
Mekhriddin
Июнь ойида Канада билан ўйнарканмизу
-1   
23 dek 21:28:12
AA H.A
Korea foydalanuvchining fikriga javob berish
Тошкентга кучли МТЖ келишини кутиб қоламиз.
Битта кучли европпа жамоаси хам келса идеал турнир бу́ларди
-1   
23 dek 19:40:12
intilganga tòle yor
Jch boshlangunga qadar Yaponiya bilan õrtoqlik õyini õtkazishni harakatini qilish kerak-uchrashuv qayerda va qanday natija bilan tugashidan qattuy nazar.Finalni ôzlari uchun maqsad qilgan qit'adosh jamoaga qarshi oyin bizni hamia uchun kattagina maktab bôkardi guruhdan chiqish maqsadumiz bõllgan ilk JCHda.
-1   
23 dek 16:17:54
Sarvar Imomnazarov
Hali pley-offda kim gʻolib chiqishi anniq emasku. Bu futbol balkim Afrika jamoasi chiqa olmas.
-1   
23 dek 15:50:47
STENLESS..R
Тугриси Р.Зрматовни УФФни зплаб кетишига хозир ишонолмайман О.Ахмедовни хам. Курсига (МАНСАБ) секин секин чикиларди нимадир гап бор. Знди сал зплаб кетобди лекин таниш билишларни йигиштириш керак биз мухлислар хаммасини биламиз. Лекин изланинг янгилик олиб киринг. Диёр билан матбуотга куриниб туринг хакамликни дабдаласи чикиб кетди лекин 80% инсон хатоси фактори змас. Ишингизга омад.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика