So’nggi yangiliklar

07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуран ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  25 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  8 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3

"Olmaliq": Tayyorgarlik reja asosida kechmoqda Yangiliklar

"Olmaliq": Tayyorgarlik reja asosida kechmoqda

"Mashal" jamoasi bilan o'tgan bahsdan so'ng, jamoamiz bosh murabbiyi Igor Anatolevichdan tayyorgarlik jarayoni xususida suhbatlashdik.

"Mashal" jamoasi bilan o'tgan bahsdan so'ng, jamoamiz bosh murabbiyi Igor Anatolevichdan tayyorgarlik jarayoni xususida suhbatlashdik.

Igor Anatolevich "Olmaliq" jamoasini bu yil ko'plab futbolchilar tark etishdi. Jamoaning yangi mavsum tayyorgarligi xususida so'zlab bersangiz.

- Darhaqiqat, bu yil jamoani juda ko'p futbolchi tark etdi. Bu bizni navbatdagi mavsumdagi faoliyatimizga salbiy tasir o'tkazadi deb o'ylash noto'g'ri bo'ladi. Jamoadan ketgan birgina Sanjar SHoahmedov biz uchun yo'qotish bo'ldi. Boshqa futbolchilar bilan hamkorlikni davom ettirish yangi mavsum rejasida yo'q edi. SHu sababli, bundan fojea yasash kerak emas. Yangi mavsumga tayyorgarlik haqida aytadigan bo'lsam, jamoa 15 dekabrdan Olmaliq shahrida mashg'ulotlarga kirishdi. Birinchi yig'inda bir qator yoshlarni sinovdan o'tkazib oldik. 5 yanvardan boshlangan yig'inda tajribali futbolchilar ham qo'shilishdi. Yana ikki kun Olmaliqda mashg'ulotlar davom etadi. 15 yanvardan esa Toshkentda to'planamiz. Tayyorgarlik shu tariqa davom etadi.

Jamoaning o'tgan mavsumdagi natijasidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Yo'q albatta, o'tgan yilgi chempionatda jamoa oldiga minimum 2013 yilgi o'rinni saqlab qolish vazifasi qo'yilgandi. Afsuski, jamoa bir pog'ona past o'rin bilan chempionatni yakunladi.

Yig'inda qatnashayotgan futbolchilarning ko'pchiligi olmaliqlik muxlislar uchun yangilik...

- Ha bu yil jamoa tarkibi tubdan o'zgaradi. Ayni vaqtda jamoa mashg'ulotlarida qatnashayotgan futbolchilarning aksariyati bilan shartnoma imzolandi. Azamat Bobojonov va Akmal Bozorov hozircha ko'rikdan o'tishmoqda. SHuningdek, xorijdan kelgan futbolchilar ham shu kabi holatda. Toshkentdagi yig'inlar davomida yana bir qator legionerlar ham ko'rikka taklif etiladi.

Bugungi kabi nazorat o'yinlari poytaxtda ham o'tkazilsa kerak.

- Ha, rejamizda 17 yanvar kuni "Qo'qon-1912", 19 yanvar "Neftchi", 22 yanvar "Buxoro", 24 yanvarda esa "Navbahor" jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bor. Bundan tashqari 27 va 31 yanvarda ham nazorat o'yini o'tkazamiz. Yanvarning so'nggi sanasida Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'ynaymiz. 27 yanvardagi raqib ham shu kunlarda aniq bo'ladi. 

Kichik suhbat uchun tashakkur, navbatdagi mavsumda jamoaga omad yor bo'lsin.

- Rahmat.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика