"Nyukasl" bosh murabbiyi Isak bilan bog'liq holatga izoh berdi
05 avg 13:09
Yangiliklar


"Nyukasl" bosh murabbiyi Isak bilan bog'liq holatga izoh berdi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jurnalistlarga yozgi transfer oynasida shveciyalik hujumchi Aleksander Isakning "Liverpul"ga ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
Xau "Daily Mail" nashriga "Nyukasl" bilan mashq qilish huquqini qo'lga kiritish kerak, chunki futbolchi jamoaning ajralmas qismiga aylanishi lozim. Mutaxassisning takidlashicha, hech bir futbolchi yomon xulq-atvorga ega bo'lsa, hech narsa bo'lmagandek jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirmaydi.
"Isakning qolishini hohlardimi? Albatta. Lekin u qoladimi? Bunga javob bera olmayman. Biz o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz, bu bilan esa boshqalar shug'ullanadi", – deya qo'shimcha qildi Xau.
Eslatib o'tamiz, Aleksander Isak o'z ixtiyori bilan "Nyukasl"ni tark etdi va "Real Sosedad" bazasida formasini ushlab turdi. Shveciyalik futbolchi yozdayoq "Liverpul"ga o'tmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar