So’nggi yangiliklar

22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  0 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  7 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  12 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  4

Franciya bugun masalani hal qila oladimi va Gruziyaning so'nggi imkoni! Barchasi terma jamoalarning top o'yinlari haqida Yangiliklar

Franciya bugun masalani hal qila oladimi va Gruziyaning so'nggi imkoni! Barchasi terma jamoalarning top o'yinlari haqida

Bugun JCH-2026 to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoalar soni yana bir nechtaga ortishi mumkin!

Franciya esa Ukrainani o'z uyida taslim eta olsa etarli.

Klublar futboli tanaffusga chiqqanidan xabaringiz bor, oldinda esa terma jamoalarning 2025 yildagi so'nggi uchrashuvlari kutib turibdi. Bu vaziyatda tabiiyki, asosiysi – JCH–2026 saralash bahslari. Evropada saralashning guruh bosqichi yakuniga etmoqda, Osiyo va Afrikada esa o'tish o'yinlari guvohi bo'lamiz. "Championat.asia" muxbiri Omonjon To'xtamirzaev siz uchun oldinda turgan eng muhim uchrashuvlar ro'yxatini jamladi. 


JCH-2026 saralash bosqichi. Nigeriya - Gabon

Nigeriya va Gabon terma jamoalari Afrikadagi saralashning guruh bosqich yakunlariga ko'ra, ikkinchi o'rinni egallagan TOP-4 jamoadan bo'la oldi. Endi ularni ikkinchi bosqich yarim finallari kutib turibdi. Nigeriyaliklar jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchisi hisoblanadi, lekin 2022 yil Qatardagi mundialni o'tkazib yuborishga majbur bo'lishdi. Gabon esa hali biror marta JCH havosidan nafas olmagan! Nima deb o'ylaysiz, kimning motivaciyasi kuchliroq bo'larkin? Viktor Osimxen etakchiligidagi Nigeriyami yoki ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Per-Emerik Obameyang ortidan ergashtirayotgan Gabonmi? Eslatib o'tamiz, mazkur o'ziga xos mini-musobaqa g'olibi qitalararo o'tish o'yinida kurashni davom ettiradi.


JCH-2026 saralash bosqichi. BAA — Iroq 

BAA va Iroq terma jamoalari qitalararo o'tish o'yinidagi joy uchun bahs olib borishadi. Birinchi to'qnashuv bugun bo'lib o'tadi. Har ikki jamoa jahon chempionatlarida bir martadan ishtirok etgan. BAA JCH-1990da ishtirok etgan, ammo guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagan, Iroq esa JCH-1986 pley-off bosqichiga chiqa olmagan. Bugunga kelib ushbu jamoalardan yana biri AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundial tomon katta qadam tashlaydi.


JCH-2026 saralash bosqichi. Kamerun — Kongo DR

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi 1974 yildan buyon mundiallarda ishtirok etmagan. Kamerun esa XXI asrdagi olti musobaqadan to'rttasida ishtirok etgan. Ushbu juftlikda aynan Kamerun favoritligi hech kimga sir emas, biroq kongoliklarning ishtiyoqi haqida ortiqcha gapirish shart bo'lmasa kerak. Shubhasiz, individual mahorat bobida kamerunliklar ustunroq, lekin jamoalardan biri jamoaviy harakatlar evaziga nomdorroq raqibni taslim etganiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Darvoqe, mazkur juftlikda kuchliroq chiqqan terma Nigeriya – Gabon to'qnashuvi g'olibi bilan ro'baro keladi.

JCH-2026 saralash bosqichi. Angliya - Serbiya

Angliya terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. Serbiya esa yo'llanma uchun kurashni Albaniya bilan davom ettirmoqda. Hozirga kelib, serbiyaliklar asosiy raqibdan 1 ochkoga ortda qolmoqda. Angliyaga imkon boy berilgan taqdirda, Velko Paunovich shogirdlari jiddiy muammolarga duch keladi. Albaniya Andorrani katta ehtimol mag'lubiyatga uchratadi, oradagi farq 4 ochko bo'lib, oldinda faqat 1 ta tur qoladi. Shu sababli, serblar Angliyadan hech bo'lmasa durangni olib ketishlari zarur.


JCH-2026 saralash bosqichi. Franciya - Ukraina

Franciya JCH-2026ga chiqishi uchun "bir qadam" qoldi. Buning uchun francuzlar Parijda Ukrainani taslim etsa etarli. Guruh bosqichi yakuniga ikki tur qolganida Dide Desham jamoasi raqibni 3 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Oxirgi bahsga xotirjam tayyorlanish uchun bugun g'alaba qozonishi zarur. Oxirgi marta Ukraina 2011 yil mart oyida Franciyadan durang bilan qayta olgan (1:1). Bu safar natija qanday bo'larkin? Guruhda intrigani saqlab qolishning imkoni bo'ladimi? 


JCH-2026 saralash bosqichi. Polsha - Niderlandiya 

Polsha va Niderlandiya terma jamoalari uchun hal qiluvchi bellashuv. Agarda Edvin van der Sar hamyurtlari zafar quchishsa, yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Agarda mezbonlar ustun kelsa, intriga saqlanib qoladi. Polshaliklar niderlandlarni quvib o'ta olmaydi (to'plar farqi juda katta – "+19" va "+6"), lekin jamoada JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati yuzaga keladi. Amalda durang ham Niderlandiya foydasiga bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика