Braziliya klubiga 3 ta transfer oynasiga taqiq qo'yildi
31 dek 2025 16:24
Yangiliklar
Braziliya klubiga 3 ta transfer oynasiga taqiq qo'yildi
"Botafogo" Tyago Almadaning transferi bo'yicha qarzdorlik sabab transfer taqiqini oldi.
FIFA "Botafogo"ga Tyago Almadaning transferi uchun "Atlanta Yunayted" oldidagi qarzdorlik tufayli uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi.
Cheklov choralari Braziliya klubining 2024 yil yozida Almada transferi uchun 21 million dollar to'lamagani bilan bog'liq. MLS klubi "Botafogo"dan transfer va bonuslar uchun pullarni haligacha olmaganini takidlamoqda.
"Botafogo" uchun yangi o'yinchilarni ro'yxatga olishga taqiq 31 dekabrdan kuchga kiradi.
2025 yil qishida Almada ijara asosida «"Lion"ga o'tgandi, bu klub ham xuddi "Botafogo" kabi amerikalik tadbirkor Jon Tekstorga tegishli. Yozda argentinalik futbolchi 21 million evro evaziga "Atletiko"ga o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar