FIFA The Best mukofoti tugatilmoqda: 2026 yildan yangi davr boshlanadi
31 dek 2025 15:40
Yangiliklar
FIFA The Best mukofoti tugatilmoqda: 2026 yildan yangi davr boshlanadi
FIFA mashhur "The Best" mukofotini topshirish marosimini bundan buyon o'tkazmaslikka qaror qildi. Uning o'rnini tubdan yangilangan formatdagi marosim egallaydi.
Batafsil tafsilotlar:
Yangi hamkor: Yangi loyiha Dubay Sport Kengashi (Dubai Sports Council) bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Malumot uchun, ushbu tashkilot mashhur "Globe Soccer Awards" mukofotining ham asosiy hamkori va tashkilotchisi hisoblanadi.
Muddat: Yangi formatdagi ilk taqdirlash marosimi 2026 yildan boshlab o'tkaziladi.
Maqsad: FIFA ushbu o'zgarish orqali taqdirlash marosimining global qamrovini kengaytirish va "Oltin to'p" (France Football) bilan raqobatda mukofot nufuzini yanada oshirishni ko'zlamoqda.
Tarix: "FIFA The Best" mukofoti 2016 yilda FIFA va "France Football" ("Oltin to'p") o'rtasidagi hamkorlik tugagandan so'ng tasis etilgan edi. Endilikda bu brend tarixga aylanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Mana diylik ENG KUCHLI OKISH UCHUN
1 KLUB BILAN ERISHGAN NATIJALARI ORQALI QANCHADUR BALL
2 USHA KLUBI HAM QAYSI DARAJADA MUSOBAQALARDA O'RIN OLGAN ( MUSOBAQALARDA HAM DARAJASI QARAB OLDINDAN KOIFISSENTGA BELGILANAISHI KERAK
3 GOLLARI UCHUN QANCHADUR BALL
4FOYADLI HARAKAT UCHUN
XULLAS ishlab chiqish kerak shunda hech kim bir biridan xafa bulmaydi eng kuchli statistika egasi oladi tamom
QOYILA YOSH BOLA BOMELA , MIYYANI ISHLATSA OG'RIQ BERMIDI . AZGINA ISHLATISH KERE , 15 YILDA ICHIDA ENDIGINA BIRON NIMANI YUTGAN PSG KULUBI ARABLARI BUTUN FUDBOLNI QOLGA OLGAN BO'LSA ? UYATE .... UYAT REAL KULUBI DESALARING ISHONARLIROQ BOLARDI PERES HAMMA YERNI EGALLAGAN DP ...