Portugaliya - yilning eng yaxshi terma jamoasi
29 dek 2025 16:06
Yangiliklar
Portugaliya - yilning eng yaxshi terma jamoasi
Portugaliya terma jamoasi Globe Soccer Awards talqinida yilning eng yaxshi milliy jamoasi sifatida tan olindi.
Portugaliya terma jamoasi 2025 yilning eng yaxshi milliy jamoasi sifatida Globe Soccer Awards mukofotiga sazovor bo'ldi. Taqdirlash marosimi Dubay shahrida tashkil etildi.

2025 yilda Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasini qo'lga kiritdi — finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag'lub qilindi. Shuningdek, jamoa Irlandiya, Vengriya va Armaniston bilan bir guruhda birinchi o'rinni egallab, JCH–2026 yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Portugaliyaning JCH-2026 guruh bosqichidagi raqiblari — O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniyadir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar