Jeymi Karrager: "Jezus Dokereshdan yaxshiroq, bu fakt"
31 dek 18:37
Yangiliklar
Jeymi Karrager: "Jezus Dokereshdan yaxshiroq, bu fakt"
Seshanba kuni «Arsenal» APL 19-turi doirasidagi o'yinda «Aston Villa»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Samarali harakatlarni amalga oshira olmagan Dokeresh 77-daqiqada almashtirildi, uning o'rniga tushgan Jezus esa 78-daqiqada gol urdi.
"Arsenal"ning ushbu o'yindagi yagona muammosi shundan iboratki, ularda shunday futbolchilar bor ekan, Dokeresh asosiy tarkibda tushmasligi kerak. Bir-ikki o'yindan so'ng, Jezus tezlikni biroz oshirgach, aynan u asosiy tarkibda tushishi kerak. U Dokereshdan yaxshiroq, bu fakt.
Avvallari [Jezus] "Arsenal" titulni qo'lga kiritishi uchun etarlicha yaxshimi yoki yo'qligi haqida savollar tug'ilardi. Ammo ayni damda u klub sotib olgan va APLda g'olib chiqishga yordam beradi deb o'ylagan yigitdan ko'ra yaxshiroq. Markaziy hujumchi sifatida Xaverc yoki Jezus Dokereshdan yaxshiroq. Ularning zaxira o'rindig'ida o'tirganini o'ylaganda, unda [Dokereshda] nazokat va klass etishmayapti", – dedi Karrager Sky Sports efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar