Kroos Marokash terma jamoasini JCH-2026 favoritlari qatoriga qo'shdi
29 dek 17:55
Yangiliklar
Kroos Marokash terma jamoasini JCH-2026 favoritlari qatoriga qo'shdi
Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos 2026 yilgi mundialda g'alaba uchun asosiy davogarlar haqida fikrlarini bildirdi.
"Ispaniya, Portugaliya, Franciya va Marokash — asosiy favoritlar. Men Braziliyani tilga olmadim, ammo u ham favorit bo'lishi mumkin. Germaniya? O'ylashimcha, Germaniya har doim yaqin, lekin men ularni asosiy davogarlar qatorida ko'rmayapman", – dedi Kroos.

35 yoshli Kroos 2014 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. U Germaniya terma jamoasi safida 114 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan.
Jahon chempionati-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq Toni Kroos tarixdagi eng ulug' murabbiyni aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar