So’nggi yangiliklar

22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  0 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  7 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  12 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  4

Messi "Amerika qiroli" mukofotini qo'lga kirita olmadi. Uni "Flamengo" yarim himoyachisi ortda qoldirdi Yangiliklar

Messi "Amerika qiroli" mukofotini qo'lga kirita olmadi. Uni "Flamengo" yarim himoyachisi ortda qoldirdi

Lionel Messi "Amerika qiroli" mukofotiga sazovor bo'lmadi.

"Flamengo" klubi va Urugvay milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjian de Arraskaeta Urugvayning "El País" gazetasi tomonidan "Amerika qiroli" mukofotiga loyiq topildi.

Mazkur nufuzli mukofot Amerika ligalarida yil davomida eng yaxshi natija ko'rsatgan futbolchiga beriladi. Ovoz berishda 16 mamlakatdan 264 nafar jurnalist ishtirok etdi.

De Arraskaeta so'rovnoma natijalariga ko'ra 62,8 foiz ovoz bilan birinchi o'rinni egalladi. U "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messini (14,8%) va "Rasing Avelyaned" forvardi Adrian Martinesni (5%) ortda qoldirdi.

De Arraskaeta "Flamengo" safida joriy mavsumda to'rtta unvonni qo'lga kiritdi - Braziliya chempionati, Libertadores kubogi, Braziliya Superkubogi va Rio-de-Janeyro shtati chempionati. Urugvaylik yarimhimoyachi Libertadores kubogining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi, shuningdek, Braziliya chempionatida jamoaning eng yaxshi to'p uruvchisi va gol uzatuvchisi bo'ldi.

Takidlash joizki, Messi bu mukofotni hali biror marta ham olmagan. 2024 yilda uni hozirda "Zenit"da o'ynayotgan Luis Enrike Andre qo'lga kiritgan edi - o'sha paytda u "Botafogo"da to'p surardi.

De Arraskaeta "Flamengo" safida joriy mavsumda to'rtta unvonni qo'lga kiritdi - Braziliya chempionati, Libertadores kubogi, Braziliya Superkubogi va Rio-de-Janeyro shtati chempionati. Urugvaylik yarimhimoyachi Libertadores kubogining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi, shuningdek, Braziliya chempionatida jamoaning eng yaxshi to'p uruvchisi va gol uzatuvchisi bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
31 dek 21:44:25
????Ж.А.А.
Бунақа муср мукофот хам борлигини нега аввал хабар бермагансилар?
+1   
31 dek 22:46:35
leva8989
????Ж.А.А. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бунақа муср мукофот хам борлигини нега аввал хабар бермагансилар?
Bu mukofotni yutganlarni hech kim tanimasa kerak...Messi futbol tarixida hamma asosiy yutuqlarga erishdi,unga bu mukofotni qizig'i ham yo'q...xD
+1   
31 dek 21:37:36
Lochinlar UZ
Чакки булибдида!
   
31 dek 22:36:25
Sardorbek..
????Ж.А.А. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бунақа муср мукофот хам борлигини нега аввал хабар бермагансилар?
Messi yutmaganiga uje musr bo'pqoldimi
   
31 dek 22:24:07
fff
????Ж.А.А. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бунақа муср мукофот хам борлигини нега аввал хабар бермагансилар?
Nega musur mukofot boʻladi. Amerika futbolida qancha futbolchilar bor ularga nisbat hurmatda boʻlsangiz boʻlardi. Messi olmasa keyingi yil olar
   
31 dek 22:22:55
S!V!RUZ
Bo'lishi mumkin emas, axir Messini FIFA qo'llaydi chunki Jahon Chempionatini yutdi, Messini yevreylar qo'llashadi, 8 ta Oltin To'p yutdi, Messini arab shayhlari qo'llashgan PSJ da o'ymaganida Oltin To'p yutganida, bu qanaqasi, qanday qilib Messi bu sovringa ega chiqolmadi? Ronalduchilar tushuntirib beringlar, Messi maydonga tushmasa ham sovrin yutib ketishi kerak edi-ku??? xD
   
31 dek 22:13:33
ABDUSALOM ZHURAEV
Журналистларни қўя туринг, америкалик оддий одамлардан сўраса ҳам Қирол кимлигини айтишарди. Майли, ош бўлсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика