Neymar "Barselona"ni yana bir bor sudga beradi
13 dek 2019 21:59
Yangiliklar
Neymar "Barselona"ni yana bir bor sudga beradi
PSJ hujumchisi Neymar "Barselona"ni yana bir bor sudga berishga tayyor.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Barselona" Neymarning jamoadagi so'nggi mavsumi uchun 3,5 million evro to'lashi kerak bo'lgan. Kataloniya klubi buni to'lanishini vada qilgan bo'lsa-da, bu haligacha amalga oshirilmagan.
Oldinroq braziliyalik futbolchi bir vaqtlar "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirgani sababli vada qilingan 44 million evroni sud orqali undirib olmoqchi bo'lgandi. Biroq u o'sha paytda Kataloniyaga qaytish istagi borligi sababli ishlar unchalik jiddiylashmagandi.
O'tgan yozda "Barselona" Neymarni qaytarish borasida PSJ bilan muzokara o'tkazgan, biroq tomonlar transfer narxni kelisha olishmagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar