So’nggi yangiliklar

07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуран ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  25 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  8 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3

"Navbahor": Yoshlarimiz durang o'ynashdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz durang o'ynashdi

Mavsumga tayyorgarlikni Aleksandr Lyan va SHerzod Jo'raevlar boshchiligida olib borayotgan yoshlar ham nazorat o'yinini o'tkazishdi.
Yoshlarimiz “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida birinchi liga vakili “UzDongJu” jamoasi bilan kuch sinashishdi. Garchi o'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsada, har ikki jamoa futbolchilari ham o'zlarini ko'rsatishga urinishdi. Natija ham shunga yarasha bo'ldi. Yani tomonlar 1:1 hisobi bilan cheklanishdi. Avvaliga andijonliklar hisobni ochishgan bo'lsa ikkinchi bo'limda yoshlarimiz hisobni tenglashtirishga erishishdi. Javob to'piga ko'rikdan o'tish uchun jalb etilgan Farhod SHokirov mualliflik qildi. Aslini olganda SHokirov ham “Navbahor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Oldingi mavsumlarda asosiy tarkibga kira olmagan hujumchi keyinchalik viloyatimizning birinchi ligada qatnashayotgan jamoalari sharafini himoya qilishga ulgurgandi. Xususan, SHokirov “Dinamo” o'yingohida o'tkazilgan “Navbahor” va “Kosonsoy” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida kosonsoyliklar safida harakat qilgandi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilgan murabbiylar Farhodni yoshlar safida ko'rikdan o'tkazishga qaror qilishgandi. Darvoqe, SHokirov ayni paytda yoshlarimiz bilan ishlayotgan Lyanning shogirdi sanaladi.

Yoshlarimizning birinchi bo'limdagi tarkibi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: A.Ergashev, R.O'rinov, H.Yunusov, O.Halilov, SH.Sayfiddinov, A.Turg'unboev, S.Telyakov, A.Nematullaev, X.G'aniev, A.Hojimirzaev, I.Abdullaev. Ikkinchi bo'limda ko'rik uchun taklif etilgan bir qator futbolchilar maydonga tushirildi.

SHu kuni murabbiylarimiz mashg'ulotlarda qatnashayotgan 40 nafarga yaqin futbolchilarning aksariyatini sinovdan o'tkazishdi. Ko'rikdan o'tish uchun jalb etilgan o'yinchilarni qanday imkoniyatga ega ekanliklari borasida tegishlicha malumotlarga ega bo'lindi. “UzDongJu”ga qarshi uchrashuvni Zohid Nurmatov, Mustafo Bayramov va Sergey Zaxareckiylar ham kuzatib borishdi. SHu sababli, asosiy tarkib mashg'ulotlarida qatnashayotgan va “Kosonsoy” bilan o'tgan uchrashuvda qatnashgan futbolchilarning ayrimlari bu safar ham maydonga tushishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика