"Bavariya" "Borussiya D" himoyachisi bilan muzokaralar olib bormoqda
12 dek 17:14
Yangiliklar
"Bavariya" "Borussiya D" himoyachisi bilan muzokaralar olib bormoqda
"Bavariya" dortmundliklarning 26 yoshli markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Kristian Falk malumotlariga ko'ra, Shlotterbekning vakillari transferga tayyor ekanini bildirgan. Ammo "Bavariya" hozircha rasmiy taklif bilan chiqishga shoshilmayapti, chunki klub o'z himoyachisi Dayo Upamekano bilan bog'liq vaziyatga aniqlik kiritishni kutmoqda — u hali ham myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolamadi.
Agar franciyalik himoyachi yangi shartnomaga rozi bo'lsa, Shlotterbekning transferi amalga oshmaydi. Biroq Dayo jamoani tark etsa, "Borussiya" ehtimol, Nikodan ayrilib qoladi.
Niko joriy mavsum "qora-sariqlar" safida 16 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar