Ditmar Xamann: "Alonsoning salohiyatini yo'qotish uchun 5-6 oyning o'zi etarli bo'ldi"
12 dek 2025 20:35
Yangiliklar
Ditmar Xamann: "Alonsoning salohiyatini yo'qotish uchun 5-6 oyning o'zi etarli bo'ldi"
"Bavariya" sobiq futbolchisi Ditmar Xamann "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Barchasi 2024 yilgi "Oltin to'p" topshirish marosimidan boshlandi. O'shanda "Real" va Vinisius ushbu marosimga boykot elon qilishgan va Vini klub uchun muhim ekanligini isbotlashga harakat qilishgandi.
Oradan ko'p o'tmay "Barselona"ga qarshi bahs o'tdi va unda Vini 70-daqiqada almashtirildi. U katta shov-shuv ko'targan bo'lsa-da, jazolanmadi.
Murabbiylar esa bu holatni so'nggi oylardagi voqeliklarning asorati deb hisoblashdi va barchasiga ko'nikishdi. Endi esa futbolchilarni boshqarib bo'lmayapti.
Eng qizig'i, istiqbolli murabbiyning salohiyatini yo'qotish uchun 5-6 oyning o'zi etarli bo'ldi", - dedi Xamann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar