So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  5 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  6 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

"Maqsadim terma jamoaga yordam berish va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish. Yangi mavsumda eng yaxshi to'purar bo'lishni niyat qilganman" - 2024 yil kashfiyoti Anvarjon Hojimirzaev Yangiliklar

"Maqsadim terma jamoaga yordam berish va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish. Yangi mavsumda eng yaxshi to'purar bo'lishni niyat qilganman" - 2024 yil kashfiyoti Anvarjon Hojimirzaev

Bir necha soatlardan so'ng 2024 yil yakunlanib, 2025 yil kirib keladi. Ortda qolayotgan yilda o'zbek futboli ko'plab qiziqarli voqealarga boy bo'ldi va yangi nomlarni kashf etdi.

2024 yilgi mavsumda yorqin porlagan futbolchilardan biri - "Dinamo" azosi Anvarjon Hojimirzaev bo'ldi. Bundan bir mavsum muqaddam Pro Liga to'purari bo'lgan Hojimirzaev, Superligaga qaytishi bilanoq, terma jamoa safidan joy olishi kerak bo'lgan asosiy figuralardan biriga aylandi. Anvar Hojimirzaev uchun orta qolayotgan yil qanday o'tdi? Jamoasi qayd etgan natijalardan ko'ngli to'ldimi? 2025 yildagi maqsadlari qanday? Barcha savollarga futbolchining o'zi javob berdi.



- Assalomu alaykum, Anvar aka. Kirib kelayotgan yangi 2025 yil bilan tabriklayman. Yakunlangan mavsum haqida fikr bildirib o'tsangiz. "Dinamo" yakunda egallagan o'rindan ko'nglingiz to'ldimi? O'zingiz namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz? Ortda qolayotgan 2024 yil siz uchun qanday o'tdi?

- Yomon mavsum o'tkazmadik. Albatta, bundan-da yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. Bizga nasib qilgan o'rin shu ekan. SHaxsan o'zim uchun ham mavsum yaxshi o'tdi, ammo 100% ko'nglim to'ldi deya olmayman. Men yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishim mumkin edi.

- "Dinamo" bilan shartnomangizni yana bir mavsumga uzaytirdingiz va keyingi mavsumda ham Samarqand jamoasi safida to'p tepasiz. "Dinamo" safida qolishingizga asosiy sabab nima bo'ldi?

- Samarqand o'z uyimdek bo'lib qolgan. Samarqandlik muxlislar va rahbariyat qolishimni istashdi va men bunday yaxshi insonlarga rad javobini bera olmadim.

- Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bo'ldimi? Boshqa klublar moliyaviy jihatdan ancha yaxshiroq imkoniyatlar taqdim etgandir...

- Albatta, chempionatimizning eng etakchi klublaridan takliflar bo'ldi. To'g'risini aytsam, men to'g'ri qaror qabul qildim deb o'ylayman. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

- 2024 yilgi mavsumni bunday barqaror o'tkazganingizga nima sabab bo'ldi? Masalan, to'purarlik poygasida ishtirok etgan ko'pgina futbolchilarga barqarorlik etishmadi va ular mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmadi.

- Mening yorqin o'yinlarimda jamoadoshlarimning hissasi katta. Bir o'zim hech qanday natija ko'rsata olmas edim. Jamoaviy o'yin tufayli shunday natijalarga erishdim.

- "Dinamo" yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan? Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlaydi?

- Sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilganmiz. Jamoamiz bilan 3-yanvar kuni Toshkentda yig'ilamiz va tayyorgarlikni boshlaymiz.

- 2023 yilda Pro liga to'purari, 2024 yilda mavsum kashfiyoti va ligadagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldingiz. Kirib kelayotgan 2025 yilda qaysi cho'qqini zabt etmoqchisiz?

- Yangi mavsumda eng to'purar bo'lishni niyat qilganman.

- Milliy terma jamoamiz yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazadi. Siz ham terma jamoamizning navbatdagi yig'inlariga chaqirildingiz. Terma jamoadagilar sizga aloqaga chiqishdimi? CHaqiruvdan keyingi hissiyotlar qanday bo'ldi? Terma jamoaga qanday maqsadlar bilan yo'l olmoqdasiz?

- Ha, aloqaga chiqishdi. MTJ safidagi maqsadim terma jamoamizga imkon qadar yordam berish va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish.

- 2025 yilda o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz? Yangi mavsumda ham individual sovrinlar uchun kurasha olasizmi?

- Superligada medallar uchun kurashish va to'purarlik poygasida g'olib bo'lish, yangi mavsumdagi asosiy maqsadlarim.

- Ortda qolayotgan yilda siz uchun futboldagi qaysi voqealar eng esda qolarlisi bo'ldi?

- "Dinamo" safiga kelib qo'shilishimdan boshlab hamma-hammasi esimda. Ushbu voqealar men uchun eng qadrlisi bo'ldi.

- Samimiy suhbat uchun tashakkur. Yangi yildan oldin futbol hamjamiyatiga va muxlislarga tilaklar va niyatlaringiz bo'lsa marhamat...

- Butun O'zbekiston ahlini yangi yil bilan tabriklayman. 2025 yil hammamiz uchun yaxshi kelishini tilab qolaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика