Mirjalol Qosimov: "U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish - Ozarbayjon va O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat"
08 noy 17:03
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish - Ozarbayjon va O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat"
Shu munosabat bilan Ozarbayjon matbuoti 1989 yil Saudiya Arabistonida o'tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan o'zbek futboli afsonasi, OKMK ustozi Mirjalol Qosimovdan intervyu oldi. Quyida ushbu intervyuni o'zbek tilida taqdim etamiz.
- Siz Arif Asadov bilan birga SSSR U-20 terma jamoasi safida Jahon chempionatida o'ynagansiz. O'sha paytlarni qanday eslaysiz?
- Juda yaxshi eslayman. Arif bilan Jahon chempionatida ikki marta o'ynaganmiz. Kanadadagi turnirda — biz jahon chempionligini qo'lga kiritganmizda va 1989 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan mundialda. Biz yoshroq edik, o'zimizdan bir yosh katta o'yinchilarga qarshi to'p tepganmiz. Undan oldin Chexoslovakiyada Evropa chempionligini ham qo'lga kiritgan edik. Bratislavadagi finalda Portugaliyani mag'lub etib, Evropa chempioni bo'lganmiz. Va 1989 yil biz Saudiya Arabistonida U-20 terma jamoasi safida katta yoshdagi o'yinchilarga qarshi o'ynaganmiz. Ko'p narsa hamon yodimda.
- U-20 Jahon chempionati 2027 yil Ozarbayjon va O'zbekistonda bo'lib o'tadi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bu juda yoqimli. Axir, FIFA bizga bu imkoniyatni bekorga bermagan. U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish — Ozarbayjon va O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat, bu – motivaciya, chunki malum qadamlar qo'yiladi va ikki mamlakat rahbarlari ham jiddiy ishlarga qo'l uradilar. Biz bunday turnirni birinchi marta o'tkazmoqdamiz. Ozarbayjonda o'ynagan futbolchi do'stlarim talaygina. Futbol Ozarbayjonda ham, O'zbekistonda ham juda ommabop. Davlat rahbari Shovkat Mirziyoev ham futbolni ommalashtirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Ular juda ko'p narsani o'zgartirdilar. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma olgani ajablanarli emas. Bu o'z-o'zidan katta tarix. Jahon chempionati — futboldagi chinakam cho'qqi. Shuning uchun biz bundan xursandmiz. Rivojlanishda davom etishimiz kerak.
- Sizningcha, siz va Arif Asadov ushbu Jahon chempionatida asosiy shaxslar bo'lasizmi? Siz allaqachon ushbu turnirda birga o'ynagansiz va endi sizlar vakillik qiladigan mamlakatlar qo'shma turnir tashkil qilishlari kerak...
- Bilmadim. Ruslarda bunday misol bor, hammasini vaqt ko'rsatadi. Arif — mening qadrdonim. Uning so'zi men uchun qonun. Bu qanday bo'lishini bilmayman. Lekin, albatta, biz o'z xohishimiz bilan birgalikda ishlashimiz mumkin. Qolganiga Xudo poshsho.
- O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga yo'llanma olgani bilan tabriklaymiz. Sizningcha, Ozarbayjon terma jamoasi qachondir shunday muvaffaqiyatga erishadimi? Siz hatto Ozarbayjonning o'yinlarini ham tomosha qilasizmi?
- Men ularni vaqti-vaqti bilan kuzatib boraman. Aytganimdek, hammasini Xudo biladi. Keling, Ozarbayjon ham Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga umid qilaylik. Kutamiz. Bularning barchasi sodir bo'lishiga umid qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar