So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Vitaliy Denisov: "Guruhdan chiqishimizni istardim. Kannavoroning murabbiy sifatidagi porlashi O'zbekistondan boshlanadi" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Guruhdan chiqishimizni istardim. Kannavoroning murabbiy sifatidagi porlashi O'zbekistondan boshlanadi"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov saytimizga kichik intervyu berdi.

"Men yaxshi futbol uchun muxlislik qilgani keldim. O'yinni izohlashni istamayman, chunki bazi savollar bor. Demak, bularning barchasi vakolatli organlarning ixtiyorida. Federaciyada odamlar bor, ular vaziyatni o'rganib, hukm chiqarishadi", - dedi Vitaliy Denisov O'zbekiston kubogi finalidan so'ng.

- 5 dekabr kuni Vashingtonda qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Terma jamoamizga kimlar raqib bo'lishini istardingiz?

- Menimcha, ko'proq top terma jamoa bo'lishini istardim. Braziliya deysizmi, Franciya deysizmi, bilmadim, yana kimlar bor, Germaniya, Italiya. Nima bo'lganda ham, shunchaki ishtirok etish uchun harakat bo'lmasligi kerak. Hech bo'lmaganda, vazifani bajarishni, yani guruhdan chiqishimizni istardim. U yog'ini keyin ko'ramiz.

- Fabio Kannavaroning terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida qanday fikrdasiz?

- Menga taalluqli bo'lmagan savol. Bunday qarorlarga javobgar insonlar bor, ular yuqorida o'tiradi, ularga malumroq. Men bu haqda hech qanday izoh bera olmayman va bunga haqqim ham yo'q. Futbolchilarning vazifasi gap sotish emas, futbol o'ynash. Agar shunday qarorga kelishgan bo'lsa, demak, shunday qilish kerak bo'lgan. Men bu erda hech narsa deya olmayman. Umid qilamanki, Kannavoroning murabbiy sifatidagi porlashi O'zbekistondan boshlanadi. Aynan terma jamoalar murabbiyi sifatida. Klub murabbiylari bor va terma jamoalar uchun ko'proq mos tushadigan "coach"lar bor. Agar u terma jamoa yo'lini tanlagan bo'lsa, umid qilamanki, bizning terma jamoa u uchun eng muvaffaqiyatli ish joyi bo'ladi. Ilohim, hammasi terma jamoa uchun yaxshi yakun topadi.

- MTJ JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan o'yinda "Bo'ldi yigitlar, jomadonlarni yig'ishtiramiz va mehmonxonalarni band qilamiz. Biz JCHga chiqdik" deb aytdingiz. Sizga terma jamoa o'yinlarini tomosha qilish uchun AQSHga bormoqchimisiz?

- Borishni juda ham istardim, ammo hozirgi kunda viza olish qiyinlashib ketdi. Agar iloji bo'lsa, albatta boraman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +11   

Fikrlar

+5   
31 okt 12:56:54
sss ddd
Баракалла Виталий. Зўр жавоб берибди саволларга. Бу журналистлар савол берган одамидан Каннаваро бекор тайинланди Кападзе қолиши керак эди деган жавобни олиш учун ҳаммадан сўраб чиқишяпти
+4   
31 okt 11:38:33
Supper Liga
Sani unutmaymiz Jangchi. Jon jaxding bilan top tepgansan xurmat baland sanga
+2   
31 okt 13:22:31
Real.M & Chelsi
V.Denisov MTJ da o'zini ayamaydigan haqiqiy jangchi futbolchi edi.Yaqin kelajakda yaxshi murabbiy bo'lib Superligamizda ishlasa yaxshi bo'lardi.
+2   
31 okt 12:22:18
Hamidillo Qosimov
Jahon chempionatiga borishga loyiq kam sonli futbolchilardan biridan Bitta biz seni unutmaymiz
+2   
31 okt 12:09:12
Фарход
Зур жавоб берибти Витя. Мухбир бола тушундими узи, жавобни ма'но - мазмуни-ни англадими
   
31 okt 22:27:50
Odilbek Abdushukurov
Play Mqrket foydalanuvchining fikriga javob berish
Market so‘zida a harfli nik band qilingan ekan. q harfi a harfiga o‘xshagani uchun yozganman. Klaviatura terilganda noto‘gri bosilishi mumkin. Meni gapim imloviy hato haqidamasdi. U gap tuzishda xato qilgan. Ingliz tilida notogri yozgan.
Ha, tushunarli. Klaviaturada harflar yaqin joylashgani uchun bosilib ketgan.
   
31 okt 18:17:28
Play Mqrket
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
O‘zingiz ham noto‘g‘ri yozibsizku "Play Mqrket" deb.
Market so‘zida a harfli nik band qilingan ekan. q harfi a harfiga o‘xshagani uchun yozganman. Klaviatura terilganda noto‘gri bosilishi mumkin. Meni gapim imloviy hato haqidamasdi. U gap tuzishda xato qilgan. Ingliz tilida notogri yozgan.
   
31 okt 17:04:36
Erkin
Хақиқий жангчи эди! Футбол жангчиси!
   
31 okt 14:11:22
Odilbek Abdushukurov
Play Mqrket foydalanuvchining fikriga javob berish
Niking notogri yozilgan. Polat dimoqchi bo‘ganmisan. Ingliz tilini bilmasang q bormi, o‘zbekcha yozib qo‘yvur dunduk. Yozgan fikring umuman tushunarsiz 4 marta o‘qib tushunmadim. Zap zamon keldida togda yurgan cho‘pon xam kirib siyosatdan, nanotexnologiyadan, dindan, murabbiyga futboldan taktikadan izohlarga kirib bemalol buyruq berib chiqib ketadi
O‘zingiz ham noto‘g‘ri yozibsizku "Play Mqrket" deb.
   
31 okt 14:01:52
Адхамжон Низамов
Хакамга нима чора курилди.жарима,четлатиш, хйфсан.......
   
31 okt 13:48:47
Ulugbek
zo`r gap. Futbolchilar gap sotishi kkmas futbolini o`ynasin debdi
   
31 okt 13:46:24
Burhonbek Abdumo'minov
MTJ tariximizda tanqid va eʼtiroz bildirilmagan juda kam sonli futbolchimiz boʻlsa kerak Denisov. Haqiqiy Vatanparvar va fidoiy inson muxlislar yoqimtoyi
   
31 okt 12:26:06
NEWS 24
Xaqiqatdan viza muammo lekin bizdan koproq odam borgani yaxshi edi dalda boladi
   
31 okt 12:24:41
Play Mqrket
STENLESS..R foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу Денисов хам кубок кандай утганини булибди Каннаваро билмадим деб уйлайсизми билганлар кандай факат бизнинг ПФЛ УФФ хакамлар кумитаси юкоридагилар булмайди халос узи кубокда кандай уйин булганини билмагани одам колибди моладес Денисов
Niking notogri yozilgan. Polat dimoqchi bo‘ganmisan. Ingliz tilini bilmasang q bormi, o‘zbekcha yozib qo‘yvur dunduk. Yozgan fikring umuman tushunarsiz 4 marta o‘qib tushunmadim. Zap zamon keldida togda yurgan cho‘pon xam kirib siyosatdan, nanotexnologiyadan, dindan, murabbiyga futboldan taktikadan izohlarga kirib bemalol buyruq berib chiqib ketadi
   
31 okt 12:11:44
STENLESS..R
Шу Денисов хам кубок кандай утганини булибди Каннаваро билмадим деб уйлайсизми билганлар кандай факат бизнинг ПФЛ УФФ хакамлар кумитаси юкоридагилар булмайди халос узи кубокда кандай уйин булганини билмагани одам колибди моладес Денисов
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика