So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

​Umar Eshmurodov: "Hech kim yutqazish uchun o'ynamaydi. Elit OCHLda yaxshi o'ynash kerak, ammo..." Yangiliklar

​Umar Eshmurodov: "Hech kim yutqazish uchun o'ynamaydi. Elit OCHLda yaxshi o'ynash kerak, ammo..."

"Nasaf" sardori va MTJ futbolchisi Umar Eshmurodov saytimizga kichik intervyu berdi.

- Ko'pchilik "Nasaf"ning qoqilganidan so'ng "Neftchi"ni chempion qilib qo'ydi. Shu haqda fikr bildirib o'tsangiz?

- "OKMKga qarshi o'yinimiz qiyin kechdi. Bizga uch ochko kerak. Maydon holati biroz yaxshi emas edi. OKMK ham jiddiy raqib ekanligini bilardik. Odamlarning aytgani emas, kimning aytgani bo'lishini bilasiz. Oldimizda yana to'rtta bahs bor. Nasib, oxirigacha harakat qilamiz. OKMKga qarshi o'yinda ham yutib ketishimiz mumkin edi, ammo maydon holati biroz muammo tug'dirdi.

- "Nasaf" Dubayda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Dubaydagi mag'lubiyatdan so'ng "Nasaf" qanchalik tanqidlarga loyiq, sizningcha?

- Elit OCHLda ham yaxshi o'ynash kerak, lekin futbolchilarni ham tushunish kerak. Futbolchilar har uch-to'rt kunda o'yin o'tkazmoqda. Yo'lda ham vaqt o'tib ketyapti. Ayrim futbolchilar dam olmasa bo'lmas edi. Shu sababli murabbiylar qarori bilan ayrim futbolchilarga dam berildi, lekin imkoniyat taqdim etilgan futbolchilar ham o'zini yaxshi jihatdan namoyish etishga intiladi. Hech kim yutqazish uchun o'ynamaydi. Biz har bir o'yinga asosiy tarkibda o'ynayversak, kuchimizni to'g'ri taqsimlay olmaymiz. Yo'l uchun ko'p kuch sarflayapmiz. Tanqidlarga etibor bermaymiz.

- Terma jamoamiz yangi bosh murabbiy qo'l ostida dastlabki uchrashuvlarda ishtirok etdi. Shuningdek, 5-dekabr kuni JCH-2026 qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Terma jamoa futbolchisi sifatida qaysi raqiblar bilan bir guruhdan joy olishni istagan bo'lardingiz? Sizningcha, qaysi terma jamoalar bilan o'ynasak yaxshiroq bo'ladi?

- Qurada kamida ikkita kuchli terma jamoaga tushamiz. Imkon qadar o'ta kuchli bo'lmagan terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olmasligimizni istayman. Qulayroq guruhdan joy olsak, yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin bo'ladi. Agar juda kuchli terma jamoalar tushib qolsa, vazifa ancha qiyinlashadi. To'g'ri, biz guruhdan chiqamiz va katta natijaga erishamiz deya gapirib yubora olamiz. Braziliya bilan o'ynaymiz deyishimiz ham mumkin, ammo daraja baribir boshqacha. Misol uchun, Urugvayga qarshi o'yinda ham ko'rdik. Jismoniy jihat va boshqa kamchiliklarimiz ko'p ekan. Shuning uchun osonroq raqiblar tushgani maqul. Kannavaro bilan asosan jismoniy holatni yaxshilash ustida ishlandi. Oldindagi 3-4 yig'inda o'z ustimizda ishlab, jamoa o'yinini yana yaxshilay olishiga ishonaman. Biz ham JCHga borib yaxshiroq ishtirok etib kelishni xohlaymiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

+3   
30 okt 12:53:46
Mansurbek Mengliyev
Hozirgi vaqtda nasafdsn birortasi termaga tortmaydi,jismoniy holat juda terma harakatidan juda past
+2   
30 okt 11:33:10
Zohidjon Usarov
Оддий кора ишчи хар куни ишлайди шу одамлар нега хар куни ишлайман деб нолимайди.
+1   
30 okt 16:01:21
Bekzod Mirzayev
Футбол уз номи билан уйин мазза килиб футбол уйнабам чарчайдими аммо элит лигага насаф мосмасакан чичворди уялиш керак бунака уйнагани
+1   
30 okt 14:21:48
تعمورخن ومار خجا
Golban cheran yana yulduz darvozabonman degan dolbanlari bor nasafdan xechnima kutmaymiz
   
30 okt 21:37:07
Davron Jenjayev
Mansurbek Mengliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Hovodan olib gapiriladigan yuq bu gaplar
xop
   
30 okt 20:48:01
Mansurbek Mengliyev
Davron Jenjayev foydalanuvchining fikriga javob berish
qiziqchimisiz
Hovodan olib gapiriladigan yuq bu gaplar
   
30 okt 16:53:01
Google User
Nima keragi bor sani jamoangni yomon ko'radigan saytga interview berib? To turnir tugagunicha umuman interview bermaslik kerak. G'iybatni o'chog'iga aylanasan, tamom
   
30 okt 15:19:20
Davron Jenjayev
Mansurbek Mengliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Hozirgi vaqtda nasafdsn birortasi termaga tortmaydi,jismoniy holat juda terma harakatidan juda past
qiziqchimisiz
   
30 okt 14:20:55
تعمورخن ومار خجا
Golban cheran degan dolbanlaei bor nasafdan xechnima kutmaymiz
   
30 okt 11:37:47
Бахтиёр Ашуров
Булар бир чемпион бўлмасин эканда. Олдинги чемпионларни: жадвал тиғиз - деган баҳоналари йўқ эди!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика