So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  23 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  5 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Mikola SHevchenko: Himoyalanishni o'rganmasak, natijaga erishish og'ir bo'laveradi Yangiliklar

Mikola SHevchenko: Himoyalanishni o'rganmasak, natijaga erishish og'ir bo'laveradi

Gollar shousiga aylangan “Metallurg” – “Buxoro” o'yinidan keyin bizni qiziqtirgan savollarga mezbonlar katta murabbiyi Mikola SHevchenko javob qaytardi:
 -  Mikola Nikolaevich, o'yindan olgan taassurotlaringiz, natijadan qoniqdingizmi?
 -  G'alabaga erishganimiz juda yaxshi. Ammo meni tashvishga solayotgani ko'p gol o'tkazib yuborganimiz. Agar himoyalanishni o'rganmasak, natijaga erishishimiz qiyin kechadi. “Lokomotiv” bilan o'yinda beshta, bugun uchta gol qo'yib yubordik. Jiddiy raqiblar ayab o'tirishmaydi.

 -  Ko'p gol o'tkazib yuborishda aybdorlar kim?
 -  Hamma. Himoyachilar ham, darvozabon ham. Afsuski, shu chiziqdagilar bir joyda to'xtab qolishgandek, nazarimda. O'sishmayapti. Kimlardir maydonda tinimsiz ter to'kishyapti, kimlardir ularning harakatini puchga chiqazayapti. Har safar ko'rsatma beramiz, yigitlarni hushyorlikka chorlaymiz. Yosh bolamas ular, biroq xatolari yosh bolalarnikidan o'tib tushadi.

 -  SHahzodning o'yini haqida nima deya olasiz. Terma jamoadagi birinchi rasmiy uchrashuvidan keyingi o'yin edi...
 -  Nurmatovning uzoq yo'ldan toliqib kelganligini inobatga olgan holda unga birinchi taymda dam berdik. Yaxshi gollik vaziyatlarni o'z vaqtida sezadigan, imkoniyatlardan unumli foydalanadigan shunday hujumchiga egamiz. Bugungi g'alabada uning ulushi katta bo'ldi.

 -  SHahzoddan tashqari terma jamoaga nomzod boshqa shogirdlar ham bormi, “Metallurg”da?

 -  Nega bo'lmasin. Mana Sunnatilla Mamadaliev, tayyor o'yinchi. Mehnatkash, vaziyatlarni to'g'ri baholaydigan, aqlli o'yinchi. Tezkorlikda, fikrlashda bugungi termadagilardan aslo qolishmaydi. Jamoamizdagi yana ikki uch nafar futbolchiga bemalol etibor qaratishsa, bu yigitlar murabbiylarni uyaltirishmaydi. Bitta gapni aytaymi, Nurmatov va Norbekovlar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'z tengqurlari orasida etakchi ekanligini murabbiylar kengashida takidlashganlarida men ajablanmadim. CHunki bu yo'lda klubda ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan.

 -  Ikkinchi davradagi o'zgarishlar o'zini oqlayaptimi?
 -  Buni vaqt ko'rsatadi. Biz qaysi jamoalardan futbolchilarni taklif qilganimizni unutmang. Toshmatovni “So'g'diyona”dan chaqirgandik. Ikkinchi davrada Abdullaev, Murodov singari o'yinchilar “Neftchi”dan safimizga kelib qo'shilishdi. Ularda jismoniy tayyorgarlik u yoqda tursin, o'yin amaliyoti bo'lmagan. Toshmatov bugungi kunda uch taym o'ynasak ham yugurishga kuchi etadi. Faqat boshini, aqlini ko'proq ishlatishini xohlardim. Murodov, Abdullaevlarga vaqt kerak. Hozircha ularning imkoniyatlari bitta taymga etadi xolos.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика