Messi: "Krishtianu "Oltin to'p"lar bo'yicha menga etib olganda biroz xafa bo'lgandim"
03 dek 2019 16:56
Yangiliklar
Messi: "Krishtianu "Oltin to'p"lar bo'yicha menga etib olganda biroz xafa bo'lgandim"
- Bir tomondan "Oltin to'p"ni besh marta qo'lga kiritgan yagona futbolchiga aylanganimdan mag'rurlangandim. Bu borada Krishtianu men bilan tenglashib olganda biroz xafa bo'lganimni tan olaman. Men endi eng yuqorida bir o'zim emasdim. Lekin, bu mantiqan to'g'ri, shu bilan birga bir o'zing bo'lgan paytingda yoqimli ham edi.
- Siz tarixdagi eng yaxshi o'yinchimisiz?
- Ochig'i, nimadir deyish qiyin. Boshqa davrlarda ajoyib o'yinchilar bo'lgan. Ularni zamonaviy futbolchilar - Krishtianu, Neymar, Mbappe bilan tenglashtirish qiyin. Ularning har birida o'ziga yarasha ustunliklari bor.
To'g'risi, men futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchimanmi yoki yo'q, bilmayman. "Oltin to'p"ni bir marta ko'p, yani 6 marta yutganim - omadim. Bu esa meni xursand qiladi, - deya Messining so'zlarini keltirdi "France Football" bosma nashri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar