Messi "Inter"ga qarshi ECHL o'yinigacha tiklanishi mumkin
30 sen 2019 13:15
Yangiliklar
Messi "Inter"ga qarshi ECHL o'yinigacha tiklanishi mumkin
"Barselona" etakchisi Lionel Messi CHempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvgacha jarohatdan tiklanishi mumkin.
Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. Manbaning malumotiga ko'ra, argentinalik "Vilyarreal"ga qarshi o'yin (2:1)da olgan jarohatidan kutilgandan ko'ra tezroq tuzalmoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchining tiklanishi shu tempda davom etsa, uni "Inter" bilan o'yin qaydnomasiga qo'shishni o'ylashmoqda.
"Barselona" Messining salomatligiga katta ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Uning "neradzurrilar" bilan o'yinda ishtirok etishi o'yindan oldingina malum bo'ladi. Murabbiylar shtabi futbolchining sog'lig'i bilan tavakkal qilmoqchi emas.

"Barselona" jamoasi "Inter"ga qarshi 2 oktyabr oqshomida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar