So’nggi yangiliklar

07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуран ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  25 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  8 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3

"Mashal": "Olmaliq" bilan nazorat uchrashuvida bitta g'alaba, bitta mag'lubiyat Yangiliklar

"Mashal": "Olmaliq" bilan nazorat uchrashuvida bitta g'alaba, bitta mag'lubiyat

Bugun Olmaliqda "Olmaliq" va "Mashal" jamoalari o'rtasida ikkita nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Birinchi o'yin kuchli yomg'ir ostida o'tgan bo'lsa, ikkinchi o'yin kuchli qor ostida bo'ldi.
Birinchi o'yin boshlangandan  besh daqiqa o'tib qarshi hujumni G'ulom O'runov gol bilan yakunladi. Uchrashuv yakunlanishiga kam qolganda burchakdan oshirilgan to'pni "Olmaliq"ning moldovalik legioneri Adrian Kashkaval boshi bilan golga aylantirdi.
Birinchi o'yinda maydon egalari 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Ikkinchi o'yinda esa yosh tarkib bilan maydonga chiqqan vakillarimiz kichik hisobda g'alabaga erishdi. Bahsning 55 daqiqasida Humoyun Murtozaev himoyachilardan qochib ketishga erishdi va darvozani ishg'ol etdi. Bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi.

SHunday qilib Olmaliqda o'tgan ikki bahsda bitta g'alaba, bitta mag'lubiyat bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi
Olmaliq. 11.01.2014

1-uchrashuv.

"Olmaliq" - "Mashal"  2:0
Gollar: 
1-0 G'ulom O'runov (4),  2-0 Adrian Kashkaval (85).

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Siroj Hamroev, SHerzod Fayziev, Jahongir Jiyamurodov (Sirojiddin Rahmatullaev 60), Abbos SHodmonov (SHahzod SHaymonov 46), Zafar To'raev (Xolmurod Xolmurodov 60), Igor Kostrov, Zohir Qo'ziboev (SHohruh Dostonov 60), Jamshid Xasanov (Iqbol Boboxonov 60), Abdulla Nabiev.

2-uchrashuv.
"Olmaliq" - "Mashal"  0:1
Gol: 0-1 Humoyun Murtozaev (55)

"Mashal":
Botir Nosirov (Javohir Ilyosov 55), SHohjahon Qilichev, G'iyosjon Komilov, Iqbol Boboxonov (Sardor Abduraimov 53), Qahramon Bahodirov (Sirojiddin Allaev 46), Maqsudjon Mahmudov (Obid Mamatov 65), Tursunmurod Hamdamov (Durbek Kamolov 64), Sirojiddin Rahmatullaev, SHohruh Dostonov (Asliddin Abdiev 50), Humoyun Murtozaev (SHarif Mirzaev 46), Xolmurod Xolmurodov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика