"Manchester Siti" himoyachisi "Vest Xem"ga o'tishni istamadi
30 dek 22:40
Yangiliklar
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake qishda jamoasini almashtirish niyatida. Niderlandiya terma jamoasining 30 yoshli himoyachisi APL jadvalida 18-o'rinni egallab turgan "Vest Xem"ga o'tishdan bosh tortdi.
talkSPORT xabar berishicha, Ake bu qishda "Siti"dan ketishga qarshi emas, biroq ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga o'tishni istamayapti. Futbolchiga "Nyukasl", "Bornmut", "Kristal Pelas" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
"Shaharliklar" shartnomasi yana bir yarim yilga mo'ljallangan Natanni 21 million funtga baholamoqdalar.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari "Barselona" Akeni jiddiy jarohat olgan Andreas Kristensenning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqishi mumkinligini malum qilgan edi, ammo "Man Siti"ning talablari transferni deyarli amalga oshirib bo'lmaydigan darajaga olib kelmoqda.
Bu mavsumda Ake APLda atigi 8 ta o'yin o'tkazdi va faqat ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar