Deklan Rays jarohat sabab "Aston Villa"ga qarshi o'ynamaydi
30 dek 21:42
Yangiliklar
Deklan Rays jarohat sabab "Aston Villa"ga qarshi o'ynamaydi
Holat APLning 18-turida London jamoasining "Brayton"ga qarshi o'yinida (2:1) yuz berdi. Jarohatlanishiga qaramay, ingliz futbolchisi o'yinni oxirigacha davom ettirdi.
Rays "Aston Villa"ga qarshi o'ynashga umid qilgandi. Biroq, o'yinchi va tibbiy xodimlarning barcha say-harakatlariga qaramay, yarim himoyachining bugungi o'yin tarkibiga kiritilishi dargumon. The Athletic nashrining xabar berishicha, klub jarohatni og'irlashtirmaslik uchun ehtiyot choralarini ko'rmoqda.
Aniq tashxis hali nomalum, ammo Rays faqat qisqa muddat davomida maydondan chetda qolishi kutilmoqda.
"Arsenal" - "Aston Villa" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 01:15da boshlanadi. Jamoalar Angliya chempionati turnir jadvalida tegishlicha birinchi va 3-o'rinlarni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar