Saloh Rimga qaytadi?! "Roma"da sensacion transfer muhokama qilinmoqda
01 jan 13:42
Yangiliklar
Saloh Rimga qaytadi?! "Roma"da sensacion transfer muhokama qilinmoqda
Bu esa Italiyada "Roma"ning sobiq yulduzini Rimga qaytarish ehtimoli haqida mish-mishlarga olib keldi.
"La Repubblica" malumotlariga ko'ra, "Roma" rahbariyati misrlik hujumchini Italiya poytaxtiga olti oylik ijara asosida qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tish joizki, ayni paytda Misr terma jamoasi safida Afrika Millatlari Kubogida ishtirok etayotgan Saloh "Liverpul"ni bir qator hal etilmagan masalalar bilan tark etgan. 33 yoshli hujumchi avvalroq jamoa bosh murabbiyi Arne Slot qarorlaridan va klubdagi umumiy vaziyatdan noroziligini ochiq bildirgan edi.
Salohning Rimga qaytishidagi asosiy to'siq — uning juda katta maoshi. Xabarlarga ko'ra, u haftasiga taxminan 400 ming funt oladi. Bunday moliyaviy shartlar asosan Saudiya Arabistoni klublari uchungina qo'l keladi, "Roma" uchun esa hatto maosh sezilarli darajada kamaytirilgan taqdirda ham bu kelishuv nihoyatda qiyin bo'lib qoladi.
Saloh joriy mavsum "qizillar" tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar