"Man Siti"ga o'tayotgan Semenoning transfer summasi va maoshi malum
30 dek 23:29
Yangiliklar
"Man Siti"ga o'tayotgan Semenoning transfer summasi va maoshi malum
"Bornmut"ning hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semeno "Manchester Siti"ga o'tish arafasida turibdi. Gana terma jamoasining 25 yoshli qanot hujumchisining transferi shu hafta amalga oshishi kutilmoqda. Tomonlar faqat Antuanning 65 million funtga yaqin tovon pulini to'lash shartlarini, shu jumladan sodiqlik bonusi va agent haqini kelishib olishlari kerak. "Siti" summani bir necha to'lovga bo'lib, uch yil davomida to'lashni istayapti.
The Guardian malumotlariga ko'ra, Semenoning maoshi besh yillik shartnoma davomida haftasiga 150 ming funt atrofida bo'lib, bunga bonuslar ham qo'shiladi.
Agar Semeno "Man Siti"ga o'tsa, "shaharliklar" Oskar Bobb yoki Savino bilan xayrlashadilar.
Semeno bu mavsumda APLdagi 17 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 3 ta gol uzatmasini amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar